Moddiy madaniy meros obektlaridan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Ma'lumot uçun: moddiy madaniy meros obektlari - tarixiy, ilmiy, badiiy yoki özgaça madaniy qimmatga ega bölgan ansambllar, diqqatga sazovor joylar va yodgorliklar («Madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş töğrisida»gi Qonunning 3-moddasi). 
 
Norma’ning yozişiça, balansda saqlovçilar har yili 1 noyabrga qadar (balansida davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy meros obektlari bölgan yuridik şaxslar) Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert kengaşiga (vakolatli organ) takliflar kiritadi. Ular kelgusi yilda foydalaniş taklif etilayotgan yangi obektning nomi, foydalanilayotgan obekt yoki uning bir qismining foydalaniş maqsadi va şartlarini özgartiriş, joylaşgan joyi, egalik huquqini belgilovçi hujjatlarni, taklif etilayotgan ijara muddatini körsatişlari lozim.
 
Davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy meros bölgan köçmas mulk obektlari tasdiqlangan sxema böyiça foydalanişga beriladi.
 
Vakolatli organ Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelişgan holda obektdan foydalaniş maqsadlari va şartlarining asosiy talablarini, şuningdek tanlovga tuşgan takliflarni baholaş mezonlarini belgilaydi.
 
Obektlar quyidagi maqsadlar uçun 1 yilgaça bölgan qisqa muddatga foydalanişga beriladi:

• savdo faoliyati;
• esdalik sovğalari va hunarmandçilik buyumlarini sotiş;
• kompyuter, nusxa köçiriş va internet xizmatlarini körsatiş;
• foto, video va ekskursiya xizmatlarini körsatiş.
 
Boşqa faoliyat turlari uçun obekt 5 yilgaça muddatga foydalanişga berilişi mumkin. Maqbul turizm infratuzilmani yaratiş, obodonlaştiriş va lozim darajada saqlaş böyiça investitsiya majburiyatlari olingan holda, obekt va unga tutaş hududlar 5 yildan 30 yilgaça muddatga ijaraga beriladi.
 
Vakolatli organning xulosasini inobatga olib, Prezident yoki Hukumatning qaroriga asosan moddiy madaniy meros obektini saqlaş maqsadida faoliyat yuritayotgan NNTga, bolalar NNTga, nogironlar NNTga va diniy taşkilotlarga tekin foydalanişga berilişi mumkin.