Çili prezidenti Sebastyan Pinera namoyişçilarning talablariga quloq solişini ma'lum qildi.
Santyagodagi norozilik namoyişlari oktabr oyi boşida boşlangan, öşanda hukumat jamoat transporti uçun narxlarni oşirişi minglab odamlarni köçalarga çiqargandi. Keyinroq namoyişlar tölqini mamlakatning boşqa şaharlariga ham tarqaldi.
Namoyişlar tartibsizlikka aylanib, ayrim joylarda dökonlarni talon-taroj qiliş va öt qöyiş holatlari kuzatildi. Politsiya bilan töqnaşuvlarda kamida 16 kişi halok bölgan, 7 mingdan ortiq kişi hibsga olingan.
Hukumat metro va avtobus uçun çiptalar narxini avvalgi holatiga qaytargan bölsa-da, namoyişlar davom etmoqda.

Santyagoda favqulodda holat joriy qilingan va harbiylar şaharga kiritilgan. 20 ming nafar politsiyaçi Çili poytaxti köçalarida navbatçilik qilmoqda.
Payşanba kuni Pinera pensiya va mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorini oşirişga, şuningdek, boşqa ijtimoiy islohotlar ötkazişga va'da bergandi. Namoyişçilarning bir qismi uning iste'fosini talab qilmoqda.

Çili - Lotin Amerikasidagi eng farovon davlatlardan biri hisoblanadi, ammo sönggi voqealar bu davlatda ijtimoiy tengsizlik darajasi haddan taşqari yuqori bölib ketganini körsatmoqda.













