28 oktabr kuni Savdo-sanoat palatasida «2019 yil 29 iyun kungi PQ-3818-sonli «Özbekiston Respublikasining taşqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga soliş hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga soliş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi Qarori»ga özgartirişlar kiritiş töğrisida»gi prezident qarori yuzasidan matbuot anjumani bölib ötdi.
Ma'lumot uçun, uşbu hujjat bilan Özbekistonda 2020 yil 1 yanvardan boşlab, hozirda nol stavkada bölgan 300dan ortiq turdagi tovarlar olib kirilişiga boj joriy etiladi.
Tadbirni Savdo-sanoat palatasi raisining birinçi örinbosari Islom Jasimov oçib berdi.
«Eng avvalo şuni ta'kidlamoqçimanki, mana şu stavkalar belgilanişi, ya'ni taşqi savdo bilan şuğullaniş qoidalariga özgartirişlar kiritilişi faqatgina iqtisodiy manfaatlarni közlaydi va bu hujjat, bu özgartirişlarga biror bir siyosiy tus beriş, ularni siyosiy vosita sifatida baholaş mutlaqo notöğridir.
Xalqaro tajribani örganib, şunday xulosaga keldimki, har bir davlat taşqi savdoni tartibga soladi. Demakki, taşqi savdoni tartibga soliş – har bir davlatning ham huquqi, ham majburiyati. Davlatimizning huquqiy çorani qöllaşga ham haqqi bor, ham içki işlab çiqaruvçilarni himoyalaşga majburdir.
Proteksionistik çoralar qöllanildi, degan gaplarni eşityapmiz. Buning boşqa yöli yöq. Milliy manfaatlarni himoya qiliş uçun davlat proteksionizm çoralarini qöllaşga majburdir», – degan Jasimovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

SSP raisining birinçi örinbosariga köra, qabul qilingan hujjat davlat tomonidan ikkita vazifani bajarişga qaratilgan.
«Birinçisi, bu – taşqi savdodagi çeklovlar orqali içki iqtisodiyotda ayrim milliy işlab çiqaruvçilar uçun monopoliya şaroitining yaratilişiga yöl qöymaslik.
Ikkinçisi – xorijiy mahsulotning importi tufayli iqtisodiyot strategik sohalarining «ötirib qolişiga» yöl qöymaslik.
Tobora va tezkorlik bilan globallaşib borayotgan jahon iqtisodiyotida milliy iqtisodiyotni boşqariş oson emas. Agar biror bir davlat taşqi savdoni öz holiga taşlab qöysa, unda iqtisodiyot «iste'molçi iqtisodiyot»ga aylanadi», – deb ta'kidladi Islom Jasimov.

















