Şunga qaramay, boğning turizm sohasidagi uluşi nihoyatda past hisoblanadi. Holbuki, Zarafşon daryosining öng qirğoği böylab şarqqa qarab 27 kilometr çözilib ketgan boğ hududi 2,5 ming gektar bölib, turli noyob dov-daraxtlar, hayvon-u parrandalarga boy.

Boğning asosiy qismi töqaylardan iborat. Şuningdek, çakalak va piçanzorlar ham qamrab olgan. Köplab dorivor va manzarali ösimliklardan taşqari, 17 turdagi sutemizuvçilar, 170 dan ortiq quş turlari va turli xil sudralib yuruvçilar mavjud.
Mana şunday tabiiy muhitga ega hududda qanday qilib ekoturizm rivojlanmay qolgan?

AQŞ Örmon xöjaligi xizmati vakillari bilan şu savol atrofida muhokama ötkazildi. AQŞning Özbekistondagi elçixonasi kömagida ötkazilgan mazkur tadbirda Trent Maylam, Hillari Santana, Lara Piterson va Endryu Rid Qöşma Ştatlarda ekoturizm sohasi tajribasini sözlab berdi.
Töqayzor va çangalzorlar oralab ötkazilgan ekspeditsiyada mutaxassislar yöl böylab örmonlarga sayohat uyuştirişni yölga qöyişdagi kamçiliklarni körsatib bordi. Barça iştirokçilar bu boradagi takliflarini bildirişdi.
Lara Piterson, Amerikalik mutaxassis:
— Bunday noyob tabiiy muhitda ekoturizm rivojlanmay qolişi mumkin emas. Misol uçun, AQŞda bunday boğlarning bir qismi ma'lum qoidalarni işlab çiqqan holda sayyohlar uçun oçib beriladi. Tuşgan mablağ esa sohani yanada rivojlantirişga sarflanadi. Bu yerda ekoturizmni rivojlantiriş uçun nimalar qiliş kerak? Örmon içiga sayohatdan söng biz avvalo infratuzilmani yaratiş böyiça maslahatlarimizni beradigan böldik. Özbekistondagi hamkorlarimiz bilan birga bu borada investitsiyalarni jalb etişni ham öylayapmiz.

Şuningdek, AQŞ örmon xöjaligi xizmati vakili Endryu Rid ham öz mulohazalarini bildirib, yaratiş şart bölgan şaroitlarga alohida töxtalib ötdi. Jumladan, yöl, körsatkiç belgilar, hojatxona kabilarni hal etmasdan ekoturizm haqida öylaş oğir ekanini ta'kidlab ötdi.





















