Içki işlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali taşkil etiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar qabul qilinadi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegişli qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.

Quyidagilar içki işlar organlarining ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq bölmagan jazolarni ijro etiş sohasidagi ustuvor yönalişlari etib belgilanadi:

birinçidan – nazorat ostidagilarni huquq va erkinliklarini sözsiz rioya etilişini, ularning şa'ni va qadr-qimmatini hurmat qilinişini ta'minlaş;

ikkinçidan – nazorat ostidagilarda qonun talablariga va jamiyatdagi xulq-atvor qoidalariga rioya etiş madaniyatini, bilim va ma'naviy-axloqiy saviyasini oşirişga intilişni şakllantirişga qaratilgan qayta tarbiyalaş va axloqan tuzatiş jarayonini takomillaştiriş;

uçinçidan – nazorat ostidagilarni taşvişga solayotgan muammolarni hal etişda samarali tizimni joriy etiş, ularni ijtimoiy moslaşuvini amalga oşirişda davlat va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlikni kuçaytiriş;

törtinçidan – kadrlarni tanlaş, ularni maxsus kasbiy tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş böyiça samarali mexanizmlarni joriy etiş;

beşinçidan – yuklatilgan vazifalarni samarali bajarişni, nazorat ostidagilarga qulay şaroitlar yaratişni nazarda tutuvçi işni taşkil etişning zamonaviy şakl va usullarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faoliyatda keng qöllaş.

Belgilanişiça, nazorat ostidagilarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam körsatiş böyiça hamkorlik doirasida:

a) Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:

nazorat ostidagilarning murojaati yoxud probatsiya bölim (guruh)larining yöllanmasi asosida ularni mavjud böş (vakant) iş örinlariga joylaştirişga kömaklaşadi;

nazorat ostidagilarni zaxiralangan (kvotalangan) iş örinlari hisobidan işga joylaştirişga kömaklaşadi;

belgilangan tartibda işsiz deb e'tirof etilgan nazorat ostidagilar va ularning oila a'zolarini Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan moddiy qöllab-quvvatlaşni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taşkil etadi;

nazorat ostidagilarni işga qabul qilgan hamda malakasini oşiriş va kasbga qayta öqitişga yuborgan iş beruvçilarga qonunçilikda belgilangan tartibda subsidiyalar beradi;