Muhammad Yusuf uy-muzeyi uçun ajratilgan joy tadbirkorga berib yuborilgan. Çigallik qayerdan kelib çiqdi?
|16:11 / 28.10.201936 90819 min
Özbek millatining şoirlardan taqçilligi bölmagan. Yaxşi şoirlarimiz köp. Muhammad Yusuf esa ularning eng yaxşilaridan.
Özbekiston xalq şoiri nomi bilan boğliq ziddiyatli muammoni yozişdan oldin köp öylandik. Takror murojaatlardan söng, tahliliy-tanqidiy maqolamiz tom ma'nodagi el suygan şoir xotirasi, uning oilasi hurmati, obrösiga putur yetkazmasligi mas'uliyatini his etgan holda masalani örganişni boşladik.
Balki, mubolağa bölib körinar, lekin Muhammad Yusuf qoldirgan adabiy meros uçun har qança e'tibor oz.
Maqola orqali marhum adibning hurmati uçun amalga oşirilgan samarali işlarga soya solmoqçi emasmiz. Andijon şahrida uning nomi bilan atalgan gözal xiyobon qurilgani, Muhammad Yusuf ijod maktabi faoliyat yuritayotgani tahsinga loyiq iş.
Bugungi maqola esa biroz dilingizni xira qilişi mumkin. Marhum şoirning ayoli Nazira opa bizga Marhamat tumani hokimligi tomonidan şoir uy-muzeyi uçun ajratilgan yer maydoni tadbirkorga noqonuniy tarzda berib yuborilayotgani haqida şu yilning iyul oyi telefon orqali murojaat qilgan edi. Biz voqea çigallaşişini istamay, öşa paytning özida tuman va viloyat mutasaddilariga bu muammoni yetkazdik.
Biroq, ötgan uç oy davomida masala ijobiy yakun topmadi.
Ezgu niyat ortidan kelgan muammo
Şoir Andijon viloyati Marhamat tumani Qovunçi qişloğida tuğilgan. Marhamatliklar «Maşhur şoir bizning tumandan», deya faxrlanadilar. 2016 yil may oyida tuman hokimining 240-14 sonli qarori bilan «Qoraqörğon» MFY hududidan Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusufning uy-muzeyi qurilişi uçun 15 sotix yer maydoni ajratiladi. Aholi va şoirni yöqlab keluvçi ixlosmandlar bu voqeani katta xursandçilik bilan qabul qilişdi. Uy-muzey qurilişiga ajratilgan maydon zör tanlangan. Andijon-Marhamat asosiy yölining Qovunçi qişloğiga buriliş joyi.
Muammolar oradan uç yil ötib boşlandi. Şoir Muhammad Yusufning qizi Madina Yusupova Kun.uz saytiga yuborgan murojaatida şunday deydi: «Özbekiston xalq şoiri, mening otam Muhammad Yusuf nomi bilan yuritiladigan fond ixtiyoriga Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi Qoraqörğon qişloği, «Toş yöli» MFY hududidan tuman hokimi X.Sultonovning qaroriga asosan 15,4 sotix yer maydoni uy-muzey quriş uçun ajratilgan edi. Ammo, tuman hokimi özgargaç, xalq haşari yöli bilan qurilişi kerak bölgan obekt qurilmay qolib ketgan.
Mavzuga oid
Bu haqda ayni paytdagi Marhamat tumani hokimi Şuhrat Qamçiyevga bir neça bor murojaat etdik. U fond yeriga heç kim daxl qila olmasligini aytib, bizni işontirdi.
Ammo fondga tegişli yer 2019 yilning fevral oyida, Rossiyada işlab yuradigan aka-uka Farhod va Furqat Yöldoşevga mahalliy hokimiyat tomonidan bizni ogohlantirmay, uy-muzey uçun çiqarilgan qaror bekor qilinmay turib berib yuborilgan.
Biz yerimizni fondga qaytarib oliş uçun Toşkent-Andijon-Marhamat örtasida 4,5 oydan beri sarsonmiz. Ammo heç qanday foydasi bölmadi. Muammo böyiça viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonovga ham murojaat etganmiz.
Bu orada yurak xuruji bilan kasalxonada uzoq davolanib çiqqan onam Andijonga juda köp marta qatnaşga majbur böldi. Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusuf xotirasiga nisbatan hurmatsizlik, nohaqliklar, bizga bölgan yomon munosabat onamning soğligi yomonlaşişiga olib keldi.
Opam Nozima fond yeriga noqonuniy quriliş qilayotgan Yöldoşevlarga xatti- harakatlari noqonuniy ekanini tuşuntirişga uringanida, ular opamga «Bizga bu yerni viloyat hokimi berdi. Qölingizdan heç narsa kelmaydi!», deb javob bergan.
Uşbu noqonuniy harakatlar bugungi kunda prezidentimiz tomonidan otamizning mehnatlarini zör e'tibor bilan qadrlab turganlarini köra-bila turib qilinayotganiga hayronmiz. Bu holatni - Andijon viloyati va Marhamat tuman rahbarlari tomonidan otamiz Muhammad Yusuf va bizning oilamizga hamda el suygan şoirning pok nomiga qilingan hurmatsizlik deb baholaymiz».
Muhammad Yusuf oilasi viloyat va tuman mutasaddilariga köp bor murojaat qilgan.
Özbekiston prezidenti portaliga qilingan ikki murojaatdan biri Marhamat tumani hokimligi tomonidan örganilib, arizaçiga javob xati ham jönatiladi.
Tuman yer resurslari Davlat kadastr bölimi boşliği S.Bötayev tomonidan yuborilgan örganiş natijalarini «topişmoq xulosa», deb ataş mumkin. Kadastr rahbari javob xatida, uy-muzeyga ajratilgan joyda quriliş qilayotgan tadbirkor örganiş davomida mutasaddiga heç qanday qaror va loyiha taqdim qila olmaganini aytadi. Xatda «Muallif javobdan qoniqmasa, yana yuqori turuvçi boşqarmaga murojaat qilişi mumkinligini bildiraman», degan yakun ham bor.
Marhamat tuman hokimligida
Iyul oyi oxirlarida xuddi şu muammo bilan tuman hokimi Şuhratbek Qamçiyevga boğlanganimizda, muammmolar hal bölişi, şoirning oilasi va tadbirkorni keliştirib qöyişini aytgandi. Aynan «keliştirib qöyiş» iborasiga quyida töxtalamiz.
Voqeaga oydinlik kiritiş maqsadida Marhamat tumaniga bordik. Maqsadimizni eşitgan tuman hokimining quriliş işlari böyiça örinbosari Isroiljon Teşaboyev hokimlik yuristi Muhammadjon Ahmedov va arxitektor yodamçisi Ortiqali Ergaşevni çaqirdi.
Hokim örinbosarining talabi bilan taşkiliy-nazorat bölimi xodimlari bizga tuman hokimining 2016 yil 2 may sanasi bilan qabul qilingan «Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusufning uy-muzeyi xalq haşari yöli bilan qurilişi uçun «Qoraqörğon» QFY hududidan yer uçastkasi tanlab ajratiş töğrisida»gi qarori, şu qarorga asosan tuzilgan dalolatnoma va yer maydoni körsatilgan xaritani taqdim qilişdi. Barça hujjatlar tuman mutasaddilari tomonidan muhr va imzo qöyib tasdiqlangan. Qoğozlar yer uçastkasi qonunan uy muzey uçun berilganini körsatib turibdi. Qarorning 7- bandida qarorning tasdiği viloyat hokimligi viloyat hokimligi Yer masalalari bilan foydalanuvi komissiyasidan söralsin, deya körsatilgan.
Mutasaddilar bilan birgalikda uy-muzey qurilişi uçun ajratilgan joyga bordik. Qoraqörğon qişloğidagi yer maydonida tadbirkor Yuldaşev Mirkomiljon tomonidan maişiy xizmat körsatiş binolari qad rostlab, ikkinçi qavatida işlar ketyapti.
Mutasaddining tuşunib bölmas izohi
Ma'lum muammo haqida tuman hokimi örinbosari Isroiljon Teşaboyev bilan öşa joyning özida suhbatlaşdik.
«Marhamat tumani markazi va uçta qişloqda katta kölamda işlar olib borilyapti. Agar vaqtingiz bölsa ana şunday bunyodkorlik işlari ketayotgan uçta katta qişloqni aylanamiz. Aynan mana şu joydagi quriliş işlariga töxtaladigan bölsak, bu yerda tadbirkor 15 sotix maydonda savdo va maişiy xizmat körsatiş obektini qurişni boşlagan. Barça hujjat, loyihalari bor. Qolgan ön beş sotixida Muhammad Yusuf uy-muzeyi qurilişi rejalaştirilgan.
2016 yilda uy-muzey qurilişi uçun yer uçastkasi ajratilgan bölsada, uç yil davomida quriliş bölmagani, ya'ni yer bekor yotgani uçun tadbirkorga berdik. Tadbirkor hozir bu joyda savdo, maişiy xizmat obektlarini quryapti. Şu bilan birga, tadbirkor mana şu joydan zal ajratib şoirimiz Muhammad Yusufning kiçik muzeyini oçişini bildirdi. Yana haykalini örnatadigan böldi. Tadbirkor uy-muzey eksponatlari uçun yetarli sahn ajratadi», deydi mutasaddi.
Muhammad Yusuf fondi a'zolari va tadbirkor örtasidagi tortişuv yeçimi haqida munozaraga Isroiljon Teşaboyev «ularni keliştirib qöyamiz», deya izoh berdi.
Mana şu joyda mutasaddiga, «Muammo paydo bölganidan beri 6 oy ötgan bölsa, tadbirkor tomonidan uy-muzey taşkil qilinişi haqida aytilmagan edi. Tadbirkorga berilgan hujjatlar bilan tanişsak böladimi?», degan savolni berdik.
Hokim örinbosari hujjatlarni tadbirkor körsatişini aytdi.
Bu orada tadbirkor Mirkomil Yuldaşevning iş yurituvçisi kelib, bizga özida mavjud tuman hokimining qarori, dalolatnoma va quriliş uçun hudud körsatilgan xaritani taqdim qildi.
Biz hujjatlar közdan keçirib tuman arxitektura xodimi Otabek Hamroqulovga qölimizdagi yer maydoni körsatilgan xarita bilan yuzlandik.
Mutaxassis qarorga ilova qilingan qişloq xöjalik xaritasidagi joy ikkala qarorga asosan bir xilligini tasdiqladi.
Qarangki, tuman hokimining 2016 yilgi qarori bekor qilinmasdan aynan öşa yer maydoniga ikkinçi qaror çiqarilibdi(!).
Tadbirkor: «Bizga yer maydonini fond rahbari, ya'ni Muhammad Yusufning ayoli sotamiz, degan!»
Tadbirkor Mirkomil Yuldaşevning iş yurituvçisining sözlarini tingladik.
«Biz qurilişni özimizça boşlaganimiz yöq. Öşa paytda şoir Muhammad Yusufning xotini kelib bizga bu joyni sotamiz degan va 30 ming dollarga kelişganmiz. Qöliga ming dollar ham berganmiz. Ular bizga yer qarorini körsatamiz, deb öyin qilişgan. Oradan ança vaqt ötib bizga muddati ötib ketgan qarorni körsatişdi. Biz qurilişni boşlaganimizdan keyin viloyat hokimining özi kelib işlarimizni körib ruxsat bergan. Qaytarib aytaman, biz qurilişni özimizça boşlamaganmiz. Şoirimizning ayoli bizdan pul olgan. Keça qizi yana telefonda mendan pul talab qildi. Ular viloyat hokimi örinbosari bilan kelib tazyiq ötkazib ham körişdi, qurilişimiz töxtab ham qoldi. Keyin mana yozuv-çizuvga ötişdi. Maqsadini bilamiz.
Ming dollar berganimizning videotasvirlari ham bor. Hozir videolar Rossiyadagi akamda. Şuning uçun körsata olmayman. Öşa jarayonda şoirning xolalari, ammalari, jiyani ham bor edi. Sotaman deyişgan, olganmiz. Biz taşlandiq joyni obod qilyapmiz. Ular baribir Marhamatga kelib uy-muzey qurmaydi. Şu paytgaça heç narsa qilişmadi-ku?!
Qarorini keyin körsatişdi. U eskirgan qaror ekan. Biz çiqindixona bölib yotgan joyni obod qilyapmiz. Bizga e'tiroz qilişlari qiziq», deydi iş yurituvçi yigit.
Tadbirkor şoirning oilasiga berilgan pul hujjatlaştirilmaganini aytdi.
Tadbirkor haqmi?
Tuman hokimligi yer maydonini taqdim qilib, qaror çiqarib bergaç, Mirkomil Yuldaşev qurilişni boşlagan. Ayni paytda binoning ikkinçi qavatida iş ketyapti.
Tadbirkor hokimlik barça hujjatlarni rasmiylaştirganidan söng quriliş boşlagan. Boşqa joyni berişsa, savdo va maişiy xizmat binosini öşa joyga qurardi. Uning şoir oilasi bilan oldi-berdisi esa alohida masala.
Marhamat tuman hokimi Ş.Qamçiyev va boşqa mutasaddilar avvalgi qarorni bekor qilmay, ikkinçi qarorni çiqargani tadbirkor va fond örtasidagi muammoni kelib çiqargan.
Uy-muzey uçun ajratilgan yerni hukumatning maqsadli foydalanilmayotgan, böş turgan yerlarni tadbirkorlarga ajratib beriş töğrisidagi qaroriga asosan tadbirkorga berilgani töğri qarormidi?
2016 yilgi hokim qarorida uy-muzeyi xalq haşari yöli bilan qurilişi körsatilgan-ku?!
Demak, uy-muzeyi qurilişiga Muhammad Yusuf fondi bilan bir vaqtda tuman hokimligi ham teng mas'ul edi. Marhamat tuman hokimligi tadbirkorga «bu qarorning muddati ötgan», deyişi ham notöğri.
Fondda mablağ yetişmagani sabab quriliş bölmadi. Xalq şoirining uy-muzeyi quriş uçun hokimlik va fond xayriya taşkil qilganida ham mablağ yiğilgan bölar edi.
Viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov Marhamatga kelgan vaqtida tuman hokimligi mutasaddilari yer maydoni uy-muzey uçun ajratilgani haqida batafsil tuşuntirib aytişmagan degan taxmin ham bor.
Şundan söng Muhammad Yusufning bevasi, fond rahbari Nazira as-Salom bilan gaplaşdik.
«Şoir adabiy merosi bilan şuğullanib, uni töplaş va keng tarğib qiliş maqsadida 2003 yili mazkur fondni taşkil etgandik. 2013 yilda «Yoş tarjimonlar mahorat maktabi» nomli loyiha böyiça davlat grantini qölga kiritdik. Yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda Muhammad Yusuf ijodidan foydalaniş asosiy maqsadimiz.
Yer masalasida salkam bir yildan beri kuraşib kelamiz. Aslida bu yerni Marhamat tumanining oldingi hokimi Xursandbek Sultonov öz taşabbusi bilan fondga ötkazib bergandi. Öşanda 2016 yilning bahori edi. «Opa, har gal tumanimizga kelganingizda hali u qarindoşnikida, hali bu tanişnikida qolasiz. Fond nomiga yer ajratib, u yerga Muhammad Yusuf uy-muzeyi va uni ziyorat qiluvçilar uçun imorat, özingiz uçun uy qursak. Siz ham, mehmonlar ham qiynalmaydi. Bularni xalq haşari asosida quramiz, bizdan yaxşi iş qolsin. Muhammad Yusuf yurtiga kelganlar xursand bölsin», degan gaplarni aytdi.
Öşa yilning may oyi boşida hokimning yer ajratiş böyiça qarori çiqdi. Yer tuman markaziga ketaverişdagi kasb-hunar kolleji oldida joylaşgan bölib, 15,4 sotixdan iborat edi.
Oradan heç qança muddat ötmay Xursandbek hokimlikdan böşab ketdi. Biroz vaqtdan keyin hozirgi hokim Şuhrat Qamçiyevning oldiga bordim. Yangi hokim suhbat davomida «Fondga berilgan yerga heç kim tegmasligi, hokimlik quriliş işlarida kömaklaşa olmasligi, qaçonlardir imkoniyatim bölganida özim quraverişim mumkinligi» haqida aytdi. Şundan söng könglim xotirjam yuraverdim.
Şu yilning aprel oyida bir kişi qönğiroq qilib bizga ajratilgan yerda begona kişilar yurgani haqida xabar berdi. Darhol Marhamat tuman kadastr bölimi boşliği Umidjon Qurbonovga aloqaga çiqdim. U turli mujmal sözlarni aytib, bu işlardan bexabarligini bildirdi.
Bir oydan söng Marhamat tumaniga borganimizda fond yerida ikki yigit va bir ayol boşçiligida ustalar işlayotgani ustidan çiqdik. Ular hokimlikdan qaror çiqarilganini aytişdi. Qizim va qaynsinglim hamrohligida tuman hokimi oldiga yöl oldik. Tungi soat 22:00da hokim xonasida u bilan uçraşdik. Hokim tuman arxitektura bölimi boşliğini çaqirtirdi. U bizning oldimizda hokimning qator savollariga javob berar ekan, orada fond yeridan boşqa şaxslar uçun ajratiş böyiça hokimning özi qaror çiqartirganini aytib qöydi. Keyin arxitektor tufayli bizning yerdan tadbirkorlar uçun fevral oyida 3,3 sotix ajratilgani va hokim qarori qabul qilinganidan xabar topdik. Hokimga bor holatni aytsak-da, fond yerida quriliş qilayotgan tadbirkorlarning işi töxtatilmadi.
Iyun oyi boşida yana Marhamatga bordik. Bu safar tuman içki işlar bölimi boşliğiga qönğiroq qildim. U quriliş ketayotgan joyga kelişimni söradi. Fond yeriga borgunimizça tuman hokimi quriliş işlarini töxtatib ketgan ekan. Biz borgan joyga hokimning Isroiljon ismli örinbosari (tuman hokimining quriliş işlari böyiça örinbosari Isroiljon Teşaboyev) ham keldi. Unga yerga oid barça hujjatlarni körsatdik. U meni bir çetga olib ötib, «hozir tuman «Obod tuman» dasturiga tuşgani, bu yerga bino qurişga fonddagi mablağ yetmasligi, keyinroq quriliş qilsam boşqa joydan yer olib, boşlayverişim mumkinligi, şuning uçun bu tadbirkorlar bilan kelişib olaverganim ma'qulligi»ni aytdi.
Vaholanki, öşanda tadbirkorlar endigina yerni qazib, beton quyişni boşlaşgan edi. Hali katta hajmdagi işlar amalga oşirilmagandi. Hokim örinbosariga «bu yerga özimga uy yoki sotişga imorat qurmoqçi bölmayotganim, şaxsiy manfaatim emas, xalq manfaatini öylayotganim, yerni heç kimga sotmasligim»ni aytdim.
Ertasi kuni qaynsinglimning uyiga aka-uka tadbirkorlar kelişdi. «Opa, biz yer sizga tegişli ekanini bilmay qolibmiz. Ança iş qilib qöydik. Baribir mablağingiz yöq ekan, qurilişni davom ettirolmaysiz», deyişdi. Ular hokimlik orqali men haqimda barça ma'lumotga ega bölib, oldimga borişgani ajablantirdi.
Men ularga Toşkentga qaytib, yer masalasida qanday huquqlarim borligidan boxabar bölib, söng yana gaplaşişimizni bildirdim. Ammo tadbirkorlar u desam u dedi, bu desam bu dedi. «Yerni birovga sotib yubormang», deya qölimga 1 ming AQŞ dollari tutqazib, tezda maşinaga ötirib ketib qolişdi. Hozir ularning puli menda turibdi. Yerimni qaytarib berişsa, mablağini ham qaytaraman.
Tadbirkorlarni tuman hokimi, tuman kadastr bölimi boşliği şu darajada qöllab-quvvatlayaptiki, bizning 15,4 sotix yerimizdan ularga 3,3 sotix ajratilsa-da, ular quriliş işlarini fond yeridan boşlaşgan. Özining yeriga qöşib 15,4 sotixni ham şaxsiy mulkiga aylantirib olişgan. Tadbirkorlardan yerga oid hujjatlarini sörasak, negadir körsatişmayapti. Bu ham bizda turli şubhalarni uyğotyapti.
Marhamatda yurgan paytim viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov tumanda yurganidan xabar topib, körişib dardimizni aytdim. Hokim 3-4 kun muddat içida masalani öylab körişini bildirdi. Lekin şu paytgaça ulardan ham biror fikr çiqmadi, jim-jitlik. Tadbirkorlar qaynsingillarimning farzandlariga maşina, katta miqdorda pul berganmiz, deya turli asossiz gap-sözlarni ham tarqatişdi.
Fond yeri katta köça böyi, har tomonlama qulay joyda joylaşgani bois undan voz keçgim yöq. Boşqa hududdan yer ajratib berişsa ham u yerda quriliş qilmaymiz. Qisqasi, avvalgi hokim izzat-ikrom bilan ajratgan yerni yangi hokim yuzimizga bir tarsaki tuşirib tortib oldi. Eng qiziği, bizni ogohlantirişmadi, yerimiz haqidagi qaror bekor qilinmagandi.
Prezidentimiz Muhammad Yusuf nomini abadiylaştiriş yölida olib borayotgan şunça islohotlar oldida bir tuman rahbari bunday iş qilib tursa, juda xunuk körinarkan. Şu paytgaça birovning ustidan taşkilotlarga arz qilgan emasman. Hozir ham fondga berilgan yer özimizga qaytişiga işonmayman. Tuman hokimining qandayligiga amin böldim. Uning qandayligini aholi ham bilsa, deyman. Xalq şoirining ijodiga uning özi tuğilib, ulğaygan yurt amaldorlarining munosabatidan qattiq xafa böldim», deydi Nazira as-Salom.
O, ota makonim...
Yil davomida Marhamatga suyukli şoirni yöqlab, yurtimizning turli burçaklaridan minglab şe'riyat ixlosmandlari keladi.
Ulkan adabiy merosga ega Muhammad Yusufning uy-muzeyini taşkil qiliş nahotki tadbirkorga qolgan bölsa? Özbekiston xalq şoirini el naqadar hurmat qilişi haqida takrorlaş ortiqça.
Qovunçi qişloği yölida maktab öquvçilarini uçratdik. «Qani edi şoirning uy-muzeyi bölsa», degan jamalak soç qizçalar uning şe'rlaridan yod aytib berişdi.
Uy-muzey kerak. Va bu juda dolzarb.
Yuqorida aytganimizdek, bizga kelgan murojaatdagi muammoli holatni örganiş oson bölmadi. Maqolamiz el suygan şoir xotirasi, uning oilasi hurmati - obrösiga putur yetkazmasligini xohlardik.