Toşkent şahri hokimligi matbuot xizmati xabar qilişiça, Nukus köçasining Oybek köçasidan Avliyo ota köçasigaça bölgan qismi issiqlik ta'minoti quvurini ta'mirlaş işlari sababli vaqtinça yopildi.

«Isitiş mavsumiga tayyorgarlik jarayonida yakuniy bosim beriş bosqiçida yuqori bosim ta'sirida Nukus köçasidagi quvur yorildi.
Befarq bölmagan fuqarolarimiz tomonidan berilgan tezkor axborot sababli öz vaqtida zarur çoralar körilib, ta'mirlaş işlari olib borilmoqda.
Uşbu hududda amalga oşirilgan işlar natijasi haqida yana xabardor qilamiz», deyiladi hokimlik xabarida.

















