6 may kuni soat 20:40lar atrofida Çöponota tepaligi yaqinida Samarqand şahrini suv bilan ta'minlaydigan yuqori bosimga ega D-1200 millimetrli magistral içimlik suv quvuri yorilib ketgan. Mazkur nosozlikni bartaraf etiş maqsadida 6 may soat 23:00dan bir neça mahalla va ayrim köçalarda suv ta'minoti vaqtinçalik töxtatilgan.

Jumladan, Uluğbek rasadxonasi, Qir, Istiqbol, Joysoy mahallalari, Afrosiyob, Ibn Sino, Dahbed, Rudakiy, Universitet xiyoboni, Böstonsaroy, Quşhovuz, Çorraha, Islom Karimov nomli, Siyob bozori hududi, Registon maydoni, Otaxöjayev, Özbekiston, Abdurahmon Jomiy, Zarafşon, Usta Umar Jöraqulov, Sadriddin Ayniy, Panjikent, Termiz köçalari, Lolazor, Möliyon, Şohrux, Gulobod, Sartepa maskanlarida, Mikrorayon A, B, Suğdiyona, Gagarin, Amir Temur, Mirzo Uluğbek köçalari va yuqorida körsatilgan manzillariga tutaşgan hududlarida vaqtinçalik suv ta'minoti töxtatilgan.

«Nosozlikni bartaraf etiş haqida qöşimça ma'lumot beriladi. Noqulayliklar uçun uzr söraymiz», deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, mazkur hodisa tufayli M39 Almati — Toşkent — Termiz xalqaro avtomobil yölining 1081-kilometrida yölning bir qismi çökkan va öpirilib tuşgan. Ayni damda yölning nosoz qismi yopib qöyilgan va harakat uning ikkinçi qismida bir tomonlama taşkil etilgan.