Bir yil avval «Boysun tumanida uç kun içida 7,5 mln söm ariqqa oqib ketyapti» sarlavhali lavha e'lon qilingandi. Öşanda muammo bartaraf etilgani haqida munosabat ham berilgandi.

Xizmat safari bilan Surxondaryoda bölganimizda, xuddi öşa joy – Darband va Dahnaijom mahallalari hududida yana quvur yorilgani, toza içimlik suvi ariqqa oqib ketayotganiga guvoh böldik.

Özi hozir Özbekistonda toza içimlik suvi «otliqqa yöq». Masalan, Samarqand viloyati Narpay tumanida aksariyat aholi toza içimlik suvini pulga sotib olib içadi. Narpayda bir tonna suv 30 ming söm.

Boysundagi yorilgan quvurdan qança miqdorda suv oqib ketayotgani va bir sutkada neça tonna suv isrof bölayotgani aniq emas, ammo çamalab köriş mumkin. Quvur yoriğidan kiçikroq artezian bosimiga teng suv oqib ketyapti. Oddiy jumrakdan 1 daqiqa-yu 52 soniyada 10 litr suv oqib ketadi (isboti videoda bor). Boysundagi quvurdan bir vaqtning özida kamida 15 ta jumrak suvi oqib, isrof bölyapti.

Demak, uşbu quvur yoriğidan bir daqiqada 150 litr, bir soatda 6 tonna, bir sutkada 144 tonnadan ortiq toza içimlik suvi isrof bölyapti. Agar bu miqdorni bugungi kunda Narpay tumani misolida sömga aylantirsak, 10 kunda 43 mln 200 ming sömlik toza suv isrof bölyapti. Bu raqamlarni bir oy yoki undan köp miqdorga ham köpaytiriş mumkin. Çunki mazkur quvur qaçon yorilgani haqida aniq ma'lumot yöq.

Ma'lum bölişiça, bugungi kunda Surxondaryo viloyati aholisining 44,6 foizi markazlaşgan içimlik suv bilan ta'minlanmagan. Viloyatda 2021-2023 yillar davomida 138 million dollarlik loyiha amalga oşirilişi közda tutilyapti. Natijada viloyatning öndan ortiq tumanlarida aholining suv ta'minoti bilan boğliq muammolariga yeçim topilişi aytilgan.

Öşa 138 million dollardan biror dollarini Boysundagi teşilib çarçamagan quvurni yamaşga ham işlatişadi deb umid qilamiz.