«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan xonanda Ozoda Saidzoda kechirilib, unga yana erkin ijod qilish imkoniyati taqdim etilgani va shu kuni Jahongir Otajonovning litsenziyasi tugatilgani ijtimoiy tarmoqlarda katta rezonans keltirib chiqardi. Aksariyat kishilar «O‘zbekkonsert»ni ijodga senzura joriy etishda ayblay boshlashdi.

Keyin rasmiylar ham bunga munosabat bildirishdi. Bu ayblovlar ta'sir qildi chog‘i, «O‘zbekkonsert» J.Otajonovning litsenziyasini qaytarib berdi.

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi o‘zi qanday idora?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 fevraldagi PF–4956-sonli farmoniga muvofiq «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi va «O‘zbekraqs» milliy raqs birlashmasi negizida «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tashkil etilgan edi.

Idora ustavida u tomonidan konsert-tomosha faoliyati litsenziyalanishi, konsert-tomosha tadbirlariga bir martalik ruxsatnomalar, shu jumladan litsenziya talabgorlariga milliy estrada san'atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi xulosalari asosida konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi uchun litsenziyalar berilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi «Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi №354-sonli qarori bilan Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlangan. Mazkur nizomda konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga berilishi mumkinligi aks etgan.

Vaholanki, O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 11 aprelda PF–5409-son «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, 2018 yil 1 iyundan ushbu faoliyat bilan shug‘ullanish uchun beriladigan