Özbekistonning taşqi davlat qarzi 13,1 mlrd. dollarga teng, şundan 3,4 milliardi energetika sohasini rivojlantiriş uçun olingan.

29 oktabr kuni Moliya vazirligi va Markaziy bank vakillari iştirokida ötgan davra suhbatida davlat qarzining iqtisodiyot tarmoqlari kesimlaridagi körsatkiçlari böyiça ma'lumot berildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Unga köra, eng köp qarz olingan sohalar törtligida energetikadan taşqari transport va transport infratuzilmasi (2,1 mlrd dollar) hamda qişloq xöjaligi va uy-joy kommunal xizmat körsatiş (1,6 mlrd.dan) tarmoqlari ham kiradi.

Mamlakat kimyo sanoatiga – 0,8 mlrd, ta'lim va soğliqni saqlaşga – 0,6 mlrd, boşqa tarmoqlarga – 1,1 mlrd dollar miqdorida xorijiy sarmoya davlat qarzi sifatida jalb etilgan.

Şuningdek, davlat xalqaro obligatsiyalari – 1 mlrd dollar qiymatga ega.

Manba: Özbekiston Moliya vazirligi

Eslatib ötamiz, bundan oldin Moliya vaziri örinbosari Odilbek Isoqov özbekistonliklarni davlat qarzlari masalasida xavotirlanmaslikka çaqirgani xabar qilingan edi.

Mavzuga oid:


Özbekistonning davlat taşqi qarzi MDHning köp davlatlariga nisbatan kam – Odilbek Isoqov