29 oktabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Sanoat, quriliş va savdo masalalari qömitasi mamlakatda köp kvartirali uylarning holatini yaxşilaş maqsadida Renovatsiya dasturini işlab çiqiş böyiça qilinayotgan işlar böyiça tegişli vazirliklarning axboroti eşitildi.
Unda ma'lum qilinişiça, mamlakatdagi 455ta köp qavatli uy avariya holatida. Bu uylarning 80 foizi texnik körikdan ötkazilgan, qolganlarining texnik holatini aniqlaş işlari ham yil oxirigaça yakunlanadi.
«Körik natijalariga qaraganda, [avariya holatidagi köp kvartirali] uylarning aksariyati seysmik bardoşliligi, energiya samaradorligi böyiça talab darajasida emas. Texnik körik töliq yakunlangaç, seysmik nosoz uylar buziladi, buzilmaydiganlari esa energiya auditidan ötkaziladi», ─ dedi Quriliş vaziri örinbosari Şuhratxöja Hoşimov.
Hoşimovga köra, eskirib qolgan uylar örniga yangilarini qurişni nazarda tutuvçi renovatsiya dasturi nafaqat aholi uçun qulay turar joy quriş, balki kerakli örinlarda ijtimoiy infratuzilma bunyod etilişini ham maqsad qilişi lozim.
«Hudud boş rejasini tuzişda faqatgina turar joylarning qurilişiga emas, balki ijtimoiy infratuzilma, maişiy xizmat körsatiş şoxobçalarining ham muvofiq tarzda bunyod etilişini nazarda tutiş kerak.
Renovatsiya – osonlik bilan keçadigan jarayon emas. Rivojlangan Xitoyda ham bu jarayon 70 yildan beri davom etadi.
Renovatsiya hamda ijtimoiy infratuzilma bunyodkorligi töğri uyğunlaştirilsa, hududning iqtisodiy jozibadorligini oşirişga erişiş mumkin», ─ dedi vazir örinbosari.
Bundan oldin, Özbekistondagi köp qavatli uylarning yarmidan köpi ta'mirtalab ahvoldaligi ma'lum qilingan edi.

















