«Özbekistonda seysmik nosoz köp qavatli uylar buziladi» sarlavhali xabar yuzasidan Quriliş vazirligi matbuot xizmati tuşuntiriş berdi.
Ma'lum bölişiça, bu yerda gap respublika böyiça barça seysmik nosoz uylar emas, balki avariya holatida ekani aniqlangan 455ta köp qavatli uylarning ayrimlari haqida ketmoqda.
«Gap şundaki, yiğilişda Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri örinbosari Nazirjon Nazirov 455ta avariya holatidagi uylar töğrisida gapirgan edi. Nazirovdan keyin sözga çiqqan Quriliş vaziri örinbosari Şuhratxöja Hoşimov ham öşa uylarni nazarda tutgan holda sözni davom ettirgan», – deyiladi Quriliş vazirligi axborot xizmati tuşuntirişida.
Aniqlik kiritilişiça, hozirgaça 455ta uyning 80 foizi texnik körikdan ötkazilgan, qolgan 20 foizi yil oxirigaça örganib çiqiladi va şundan keyin ulardan qaysilari buzilişi yoki rekonstruksiya qilinişi böyiça xulosa beriladi.
Mavzuga oid:
Quriliş vaziri örinbosari: «Renovatsiya – osonlik bilan keçadigan jarayon emas»
Özbekistondagi köp qavatli uylarning yarmidan köpi ta'mirtalab ahvolda

















