2019 yil 28 oktabr kuni jinoyat işlari böyiça Quyi Çirçiq tuman sudi binosida sudlanuvçilar Ahmadjon Tursunboyev va boşqalarga (sudlanuvçilarning umumiy soni - 16) nisbatan jinoyat işining tergov bilan yakunlangan qismini körib çiqiş böyiça uçinçi oçiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidovning Kun.uz’ga xabar qilişiça, mazkur jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudining sudyasi X. Şermuhamedov raisligida körib çiqildi.

Sud jinoyat işi materiallarini har tomonlama va töliq örganib, A. Tursunboyevni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a”, “v” bandlarida közda tutilgan jinoyatni sodir etişda aybdor deb topib, unga uşbu modda bilan 9 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinladi. 

A. Tursunboyevga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi 8-qismi va 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazoga qisman jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudining 2019 yil 20 maydagi hukmi bilan tayinlangan jazosini qöşib, uzil-kesil ötaş uçun 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilingan holda 14 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qiliş hamda eng kam oylik iş haqining 400 baravari miqdorida 52 096 000 söm jarima jazolari tayinlandi. 

Şu bilan birga, A. Tursunboyevga tayinlangan ozodlikdan mahrum qiliş jazosining ötalmagan muddati, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016 yil 12 oktyabrdagi “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma tört yilligi munosabati bilan amnistiya töğrisida”gi Qarorining 6-bandi “b” kiçik bandiga asosan törtdan bir qismiga qisqartirildi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş va jarimani davlat daromadi hisobiga undiriş belgilandi.

Uşbu sud jarayonida 230 dan ziyod jabrlanuvçilar körsatmalari tinglandi va ularga yetkazilgan moddiy zarar undirilişi belgilandi.

Şuningdek, sud tomonidan sudlanuvçilarga va boşqa tomonlarga hukm ustidan şikoyat qiliş tartibi va muddati tuşuntirildi.

«Ahmadboy işi»: Uçinçi oçiq sud bölib ötmoqdaAhmadboy: «Pulning hammasi talon-toroj bölib ketgan»