Klub yubiley sondagi Osiyo anjumanini ötkaziş joyi sifatida ilk bor Özbekistonni tanladi.
Joriy yildagi anjumanning mavzusi “Markaziy Osiyo va Yevrosiyo: global tartibsizlik çaqiriqlari oldidagi köp tomonlama hamkorlik” deb nomlanadi.
Anjumanning muhimligi şundaki, bugungi kunda Osiyo zamonaviy dunyoning eng muhim geosiyosiy markazlaridan biriga aylanmoqda va jahon iqtisodiy rivojlanişini ta'minlaşda muhim rol öynaydi.
“Valday” klubining Samarqanddagi anjumanida 11 ta davlatdan, jumladan Özbekiston, Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Xitoy, Hindiston, Tojikiston, Germaniya, Fransiya, Yaponiya va Şvetsiyadan 70 dan köproq ekspert iştirok etişi kutilmoqda.
Özbekistondan anjumanda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi Viktor Maxmudov, Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi raisi Alişer Qurmanov, Qonunçilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat taşkilotlar va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari qömitasining raisi Akmal Saidov iştirok etadi. Ekspertlar darajasida esa Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov, Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi direktori Doniyor Qurbonov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetining Xalqaro iqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar markazi direktori Şerzod Abdullayev qatnaşadi.

















