Rossiya Federatsiyasining 20ta hududi va MDH davlatlarida har yili ötkazilib kelinayotgan «Ta'limdagi innovatsiyalar: xalqaro hamkorlik yönalişi» forumi 31 oktabr kuni ilk bora Özbekistonda ham ötkazildi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, forumda Maktabgaça ta'lim vazirligi mutaxassislari, davlat va nodavlat MTTlar rahbarlari, pedagoglar iştirok etib, maktabgaça ta'lim yoşidagi bolalar bilan şuğullanişga yordam beradigan turli innovatsion metodlar bilan tanişdilar.

Rossiyalik közi ojiz sayyoh, bolaligidan mutlaqo körmaydigan bloger va trener Vladimir Vaskeviç ham Toşkentdagi forumda qatnaşib, imkoniyati çeklangan bolalar bilan qanday qilib samarali işlaş mumkinligi va ularga MTTdan universitetga qadar yöl bosib ötişga yordam beriş kerakligi haqida söz yuritdi.

«Men 24 yoşdaman. Garçi közlarim ojiz bölsa-da, şu kunga qadar dunyoning 20dan ortiq davlatida bölganman. Özbekistonning ham köpgina joylarini bilaman», – deydi Vladimir Vaskeviç.

U zalda ötirgan yuzdan ortiq odamlarni bir muddat közlarini yumgan holda dunyoni tasavvur qilib körişga çaqirdi.

«Körib turganingizday, heç narsa siz kutganday qörqinçli emas. Men mana şu qoronğu dunyoda yaşab, bolaligimdan futbol öynaşni, yaxtalarga çiqişni örganganman, prezident bölişni xohlaganman», – dedi u forum iştirokçilariga qarata.

Foto: Maktabgaça ta'lim vazirligi

Vladimir Vaskeviçning sözlariga köra, imkoniyati çeklangan bolalar ham boşqalar qatori katta narsalarni orzu qilişga, örganişga haqli. Bu borada maktabgaça ta'lim muassasalari hal qiluvçi rol öynaydi.

«Imkoniyati çeklangan bolalarga texnologiyalardan foydalanişni çuqurroq örgatiş kerak. Ular bu orqali ta'lim olişi, barça qatori ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişi, öz bloklarini yuritişi mumkin.

Şuningdek, texnologiyalar imkoniyati çeklangan odamlarga işlaş, oilasini ta'minlaş imkonini ham beradi», - deydi Vladimir.

«Çegarasiz sayohat» kitobi muallifi bölgan Vladimir Vaskeviçning ta'kidlaşiça, ota-onalarning imkoniyati çeklangan yoki biror kamçiligi bor bolalarini qabul qila olişlari va imkon boriça ertaroq ular bilan şuğullanişiga köp narsa boğliq.