1 oktyabrdan 25 oktyabrgaça respublika böyiça 3 mlrd 885 mln sömlik gazdan noqonuniy ravişda foydalanilganligi ma'lum böldi.  

Joriy yilning oktabr oyi davomida “Özneftegazinspeksiya” tomonidan respublikada gazdan noqonuniy foydalaniş va axoliga suyultirilgan gaz yetkazib beriş böyiça ötkazilgan tadbirlar natijasida katta hajmlarda gaz öğirlanişi holatlari aniqlandi. “Özneftgazinspeksiya” axborot xizmatining ma'lum qilişiça, dastlabki hisob-kitoblarga köra yetkazilgan zarar 4 mlrd 778 mln sömni taşkil etdi. 

Umuman olganda, 1 oktyabrdan 25 oktyabrgaça ötkazilgan tadbirlar natijasida respublika böyiça 208 ta holat aniqlanib, 3 mlrd 885 mln sömlik 4 mln 209 ming kub metr gazdan noqonuniy ravişda foydalanib zarar yetkazilganligi ma'lum böldi.  

Xususan, Farğona hamda Jizzax viloyatida joylaşgan “Zafarobod agroeksport” va “Quvasoy şaffof ohak” korxonalariga qaraşli ohak işlab çiqariş sexida jami 1 mlrd 690 mln sömlik (1 mln 873 ming kub metr), şuningdek, Toşkent viloyatida joylaşgan “Vayt Keramik” MÇJga qaraşli çinni sexida jami 128 772 kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.

Suyultirilgan gazni gaz ballonlarda aholiga tarqatişda esa 13,1 mln sömlik 3,9 tonna kamomad, 9,5 mln. sömlik 2,8 tonna ortiqçalik, 12,5 mln sömlik 3,7 tonna asossiz hisobdan çiqariş, 155,9 mln sömlik 46,5 tonna iste'molçilar haqidan urib qoliş hisobiga özlaştirilganligi ma'lum böldi.

Yil boşidan buyon 2500 dan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy ravişda foydalaniş holatlari hamda suyultirilgan gazni gaz ballonlarda tarqatiş böyiça 200 dan ortiq holatlar aniqlangan bölib, tegişli çoralar köriş uçun hujjatlar huquqni muhofaza qiliş organlariga topşirildi.