«Özneftgazinspeksiya», Majburiy ijro byurosi hamda «Hududgazta'minot» AJ xodimlari va «Özstandart» agentligi mutaxassislari bilan birgalikda tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş böyiça navbatdagi tadbir ötkazildi.
Tadbir natijasiga köra, 773ta noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlandi. Uşbu natijaga köra 8 mln 334 ming metr kub miqdoridagi noqonuniy tabiy gazdan foydalanilgani, ya'ni jami 6 mlrd 337 mln söm miqdorida gaz ta'minoti korxonasiga zarar yetkazilgani aniqlandi.
Uşbu noqonuniy foydalaniş holatlaridan biri Toşkent viloyatidagi 3ta pişgan ğişt işlab çiqariş sexlarida kuzatildi. Gaz hisoblaş uskunasiga taşqi ta'sir körsatilgani natijasida gaz ta'minoti korxonasiga jami 2 mlrd 210 mln söm zarar keltirilgani aniqlandi. Ular orasida «Binokor» MÇJ rahbariyati bir neça bor tabiiy gazdan noqonuniy ravişda foydalangani uçun javobgarlikka tortilgan. Uşbu sex gaz ta'minoti korxonasiga bir neça marta zarar yetkazgan. Sönggi aniqlaş natijasiga köra, 1 mlrd 790 mln söm zarar yetkazilgan.
Şuningdek, «Özneftegazinspeksiya» tomonidan ötkazilgan navbatdagi tadbir natijalariga köra, issiqxonalarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş böyiça 84ta holat aniqlandi. Öğirlangan yoqilği hajmi 2 mln 173 ming metr kub (2 mlrd 186 mln söm)ni taşkil etdi.
Tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş böyiça 16ta (pişgan ğişt, ohak, kulolçilik) sexlar hamda 673ta boşqa faoliyat bilan şuğullanuvçi korxonalar aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, tabiiy gazning noqonuniy iste'moli hajmi 6 mln 148 ming metr kub (4 mlrd 204 mln söm)ni taşkil etdi.
«Yuqorida körsatilgan aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylaştirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiliş organlariga taqdim etildi», deyiladi «Özneftgazinspeksiya» axborot xizmati xabarida.













