“Özneftgazinspeksiya” tomonidan 7 mlrd söm miqdoridagi gazdan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, joriy yilning 2 dekabridan 9 dekabriga qadar “Özneftgazinspeksiya”, “Xududgazta'minot” hamda “Özstandart” agentligi mutaxassislari bilan birgalikda tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş böyiça muntazam tadbirlar ötkazildi. Tadbirlar natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga köra, gaz ta'minoti korxonasiga 7 mlrd 439 mln söm zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Toşkent viloyatining Ohangaron tumanida joylaşgan MÇJ va Angren şahridagi MÇJ korxonalari tekşirilganda, gaz hisoblaş uskunasiga taşqaridan ta'sir yetkazişga şaroitlar yaratilganligi ma'lum böldi. Ya'ni, gaz hisoblagiç xotirasidagi foydalanilgan gaz miqdori töliq yozib borilmagan.

Hisoblaş uskunalari konfiguratsiyasi özgartirilganidan taşqari, bir neça kun davomida hisoblaş uskunalari elektr ta'minotidan uzilganlik holatlari ham bölgan. Şunga köra, şu vaqt mobaynida işlatilgan tabiiy gazning sarflangan miqdori saqlanib qolmagan.

“Toşkentgaz” hududiy filiali tomonidan berilgan texnik şartga köra, MÇJ korxonasida tabiiy gazning umumiy soatbay sarfi 3600 metr kub/soatni taşkil etadi. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, tabiiy gazdan 30 kun davomida noqonuniy foydalanilganlik hajmi 2 mln 592 ming metr kubni taşkil etib, bu 1 mlrd 710 mln söm miqdordagi zarar yetkazilgan.

Boşqa bir MÇJning keramika mahsulotlarini işlab çiqariş sexida, texnik şartga köra, tabiiy gazning umumiy soatlik sarfi 1683,4 metr kub/soatni taşkil etadi. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, tabiiy gazdan 45 kun davomida noqonuniy foydalanilgan hajmi 3 mln. 156 ming metr kubni taşkil etib, 3 mlrd 156 mln söm miqdordagi zarar yetkazilganligi ma'lum böldi.

Bundan taşqari, yana bir öğirlik Angren şahridagi korxonaga qaraşli avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçasida ham aniqlandi. Uşbu korxonada gaz hisoblaş uskunasiga taşqi ta'sir körsatilganligi aniqlanib, dastlabki hisob-kitoblarga köra, tabiiy gazdan 53 kun davomida noqonuniy foydalanilganlik hajmi 1 mln 272 ming metr kublik, 1 mlrd 272 mln sömlik zarar yetkazilgan.

Tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş böyiça 10 ta issiqxona, parrandaçilik xöjaliklari, sopol buyumlar işlab çiqariş korxonalari, şuningdek, boşqa faoliyat bilan şuğullanuvçi 196 ta korxona gaz ta'minoti korxonasiga jami tabiiy gazning noqonuniy iste'moli hajmi 1 mln 301 ming metr kub (1 mlrd 118 mln söm) ni taşkil etib, 1 mlrd 506 mln sömdan ortiq miqdorda zarar yetkazganligi ma'lum böldi.