Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev inflatsiyani 2022 yilda 9,5 foizgaça tuşiriş böyiça topşiriq bergan. Bu haqda Moliya vazirligi Davlat budjeti boş boşqarmasi boşliği Jamşid Abruyev ma'lum qildi.
«Keçagi yiğilişda davlat rahbari bizga inflatsiyani 2022 yilda 9,5 foizgaça tuşiriş vazifasini yukladi», – dedi Abruyev «Fuqarolar uçun budjet» loyihasi taqdimotida.
Abruyevning sözlariga köra, inflatsiya kelasi yili 13 foizgaça, 2021 yilda 11 foizgaça pasayişi kutilmoqda. 2019 yil yakunlariga köra mazkur körsatkiç 15,5 foiz bölişi prognoz qilingan.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Jamşid Abruyev budjet jarayonidagi özgarişlarga ham töxtalib ötdi.
«Budjetning qamrovi oşyapti. Davlat maqsadli jamğarmalari ham 3ta emas, 18ta. Demak, hamma jamğarmalar tarkibi kiritilyapti.
Bundan taşqari, Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasining raqamlari, budjetlari tasdiqlanyapti. Oldin bu jamğarmaning raqamlari köproq yopiq xarakterga ega edi. Endi u ham oşkora bölib, davlat budjeti tarkibiga kiritilyapti.
Qonun bilan har bir vazirlikning budjetini tasdiqlaganimizdan keyin vazirlik va idoralar mana şunça pul bor ekan, deb oldindan biladi. Öşa pulga ularning mas'uliyati oşadi. Pulning işlatilişi, uning samaradorligiga javobgarligini sezgan holda kelgusida dasturlarini öşanga qarab tuzadi. Kelasi yili örta muddatli rejalaştirişga ötiş davrida bu juda muhim.
Budjet qonunida budjet iştirokçilarining oşkoraligi töğrisida ayrim moddalar bor. Budjet mablağlarini oluvçisi neça pul işlatdi, nimalarga işlatdi, nimalar xarid qildi va öşa xarid qilgan mahsuloti joylarga yetib bordimi yoki yöqmi. Bu jarayonni şaffof qilmas ekanmiz, heç qaçon pullarning samardorligiga erişib bölmaydi», – dedi Abruyev.
Eslatib ötamiz, 31 oktabr kuni prezident huzurida makroiqtisodiy körsatkiçlar, soliq-budjet siyosati, davlat budjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020 yilga möljallangan parametrlar muhokamasiga bağişlangan yiğiliş bölib ötgan edi.
















