Ijtimoiy tarmoqlardagi “Sizdan telegram” sahifasida Navoiy viloyatida sodir bo‘lgan voqea haqida lavha yoritildi. Video ilova qilingan bu xabar "Uch mast erkak “tez yordam” xodimlarini uyiga chaqirib, ularni rosa tahqirladi. IIB shifokorlarga qo‘l ko‘targan shaxslarga chora ko‘rmayapti” deb nomlangan.

“Tibbiyot birlashmasidan yozmoqdamiz. 31 oktabr kuni “tez yordam” bo‘limiga tushgan chaqiriqqa asosan shifokor Najmiddin Boliqulov va feldsher Ulug‘bek Rajabov Navro‘z ko‘chasi 10-uy 4-xonadonga borgan.

Hamkasblarimizni mast holdagi uch erkak kutib olgan. Ularni shifokorni haqoratlagan va unga qo‘l ko‘tarib tajovuz qilgan. Bu fuqarolar tibbiy yordamga muhtoj bo‘lmagani holda, shifokorlarni atayin mazaxlash uchun chaqirgan, degan taxmindamiz.

Ushbu holat yuzasidan ichki ishlar idorasiga xabar berilgan. Uchalasi ham mast holda bo‘lgani sabab hushyorxonaga joylashtirilgan. Ammo IIB xodimlari biror chora ko‘rmay, 4 soatdan so‘ng ularni qo‘yib yuborgan. Shifokorlarni tahqirlagan, hamkasblarimizga qo‘l ko‘targanlarga qonuniy jazo berilishini talab qilamiz! (Navoiy viloyati Uchquduq tumani)” – deya tugallanadi foydalanuvchilar yo‘llagan xabar.

Voqea bo‘yicha izoh olish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan bog‘langanimizda vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev holat yuzasidan Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bergan dastlabki ma'lumotlarni taqdim qildi.

“Videolavhadagi shifokor Boliqulov Najmiddin 2019 yil iyun oyida Samarqand davlat tibbiyot instituti pediatriya fakultetini tugatib kelib, Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasiga ishga qabul qilingan. O‘zi bilimdon, yosh mutaxassis. Feldsher Rajabov Ulug‘bek 6 yildan buyon Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limida ishlab kelmoqda. Tajribali, bilimdon mutaxassis, har qanday shoshilinch holatlarda malakali birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qobiliyatiga ega.

31 oktabr kuni tez yordam bo‘limiga soat 17:40 da Uchquduq tumani Navro‘z ko‘chasi 10 uy 4 xonadondan 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro Q. Y. uchun shu fuqaro uyida bo‘lgan noma'lum shaxs chaqiriq qilgan. Tez yordam brigadasiga 17:42 da chaqiriqqa borish topshirig‘i berilgan. “Hunday” tez yordam avtomashinasini 10 yillik tajribaga ega haydovchi Valikov Ikrom boshqargan.  17:45 da tez yordam brigadasi chaqirilgan manzilga yetib borgan. Tez yordam brigadasi xonadonga kirgandan so‘ng shu xonadonda bo‘lgan mast holatdagi fuqarolar tomonidan haqoratlar qilinib, janjal boshlanib ketgan. Xonadonda aslida bemor bo‘lmagan, na xonadon egalari, na mast holatdagi shaxslar tomonidan kasallik haqida murojatlar qilinmagan. Voqea joyiga ichki ishlar xodimlar yetib kelgan va mast shaxslar tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli reabilitatsiya markaziga (