Poytaxt va uning tumanlarida ayollar duç kelgan zöravonlikning 40 foizi erkaklar hissasiga töğri keladi. Bunday holatlarning 60 foizi esa jabr körganlarning qaynonalari va qarindoşlari sabab yuzaga keladi, deydi Toşkent şahrida Zörlik işlatişdan jabr körgan şaxslarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş hamda öz joniga qasd qilişning oldini oliş markazi direktori Gulçehra Matkarimova.

Toşkent şahar hokimligining yozişiça, markaz rasman 2019 yilning 29 avgust kuni oçilgan. 10 oktyabrga qadar markazga 184 nafar ayol murojaat qilgan. Ularning 98 nafari psixologik yordam maqsadida, 25 nafari tibbiy yordam sörab hamda 35 nafari huquqiy yordam zarurati bilan murojaat qilgan. Bundan taşqari, reabilitatsiya markazi xodimlarining harakati bilan 17 ta oilani tiklaşga erişildi.

Markaz direktorining ta'kidlaşiça, qarindoşlar tomonidan zörlik işlatişning deyarli barça holatlari içki muammolar bilan boğliq.

“Er-xotin örtasidagi jiddiy kelişmovçilik sabab, ayol bolasi bilan uydan ketişga majbur böladi. Aksariyat holatda turar joy erga yoki uning otasiga tegişli bölganligi sababli ayol öz qarindoşlarining uyiga qaytib boradi. Bizda jabr körgan ayol öz tuğişgan akasining uyiga borgan holat uçragan. Aka uylangan, uning böyi yetib qolgan farzandlari bor. Şunda kutilmaganda singlisi qaytib kelib, uyning bir qismiga egalik qilgan. Şu sababli akaning xotini, ya'ni kelinoyi jabrdiyda ayolga qarşilik qilgan. Şu jumladan, unga nisbatan jismoniy zörlik işlatgan”, - deydi Gulçehra Matkarimova.

Erkaklarning ayollarga zörlik işlatişi jamiyatning ötkir muammosidir. Xotin-qizlarning hammasi ham yordam izlab murojaat qilmaydi. Demak, uşbu statistik ma'lumotlar katta muammoning bir qismi, xolos.

“Bunday holatlarning aksariyati odatda bir xil boşlanadi: boşida hammasi yaxşi. Keyin erkak sekin-asta agressiya belgilarini namoyon qila boşlaydi. Hammasi mayda gaplardan boşlanadi: masalan, ayol erining telefon qönğiroqlari va sms xabarlarini tekşirişni boşlaydi. Keyin yigit qizga arzimagan bahona bilan qöl kötaradi. Ayol indamay, bunday harakatlarni tabiiy qabul qiladi. Söng esa bu odatga aylanadi, er ayoliga nisbatan jismoniy zörlikni hamda ma'naviy bosimni kuçaytiradi”, - deydi jabr körgan ayollarning ma'naviy-ruhiy holatini tiklaş bilan şuğullanuvçi psixoterapevt.

“Men bolaligimdan otam onamga qöl kötarganini körib kelganman, şuning uçun erkakning ayolga zörlik işlatişi qandaydir yomon holat ekanligini tasavvur ham qilmaganman”. Oilaviy zörlik sabab markazga kelgan qizning bu sözlari xulosa çiqariş uçun keltirilgan.