Sobiq SSSRning birinçi va oxirgi prezidenti, 88 yoşni qarşilagan Mixail Gorbaçyov jurnalistlarga kamdan-kam intervyu beradi.

"Şoşilib töğri qilibsiz, yoşim ötib qoldi, bugun borman-ertaga yöq", - dedi u Bi-bi-si muxbiri Stiv Rozenberg bilan Berlin devori qulaşining 30 yilligiga bağişlangan suhbatda.

"Temir parda"ning har ikki tarafida nemislar devorni parçalayotgan bir paytda GDRda yuz minglab sovet askarlari joylaşgandi.

Şunga qaramasdan, sovet harbiylari aralaşmaslik töğrisida buyruq olişgandi, keyinroq, Yelsin davrida esa Şarqiy Germaniya hududidan zudlik bilan olib çiqib ketildi.

Mixail Gorbaçyovning öşanda töğri yöl tutganiga işonçi komil. Eng muhimi, qon tökilmagan, deb hisoblaydi u. 

"Asosiysi – qon tökişlarsiz, - deydi u. – Nemislar, biz, butun Yevropa va butun dunyoga taalluqli bölgan ulkan iş qon tökişlar bilan keçişiga yöl qöyib bölmasdi. Va biz aralaşmasligimizni aytdik".

Oradan ikki yil ötgaç, SSSR parçalanib ketdi va Rossiyada ana şunday superdavlatning parçalanişida Gorbaçyovni ayblaydiganlar hozir ham topiladi.

Ammo Ğarbda Gorbaçyovga nisbatan deyarli barça joyda ijobiy bölib, buning birinçi navbatdagi sababi öşa davrdagi AQŞ prezidenti Ronald Reygan bilan birgalikda sovuq uruşga çek qöygandek tuyulgan yadroviy qurol ustidan nazorat töğrisida emas, yadroviy qurolsizlaniş töğrisida kelişib olişganidir.

Afsuski, öşa paytda imzolangan qurolsizlaniş töğrisidagi şartnoma vaqt sinoviga doş berolmadi. Avval Rossiya, uning ortidan AQŞ yangi raketalarni sinaşni boşlab yuborib yangi qurollaniş poygasiga kirişib ketişdi. 

"Ommaviy qirğin qurollari va birinçi navbatda yadro quroli bor ekan, öta ulkan xavf mavjud, - deb hisoblaydi Gorbaçyov. – Barça xalqlar yadro quroli yöq qilinişi kerakligini aytişi lozim. Biz özimizni va sayyoramizni qutqarib qolamiz".

Mixail Gorbaçyov ilgari sovuq uruş deb nomlangan, Rossiya va Ğarb örtasidagi bugungi qarama-qarşilikni "sovigan, lekin baribir uruş" deb ataşni ma'qul köradi.

"Özingiz qarang, hali u yerda-hali bu yerda töqnaşuvlar, otişmalar. Harbiy samolyotlar qayergadir uçmoqda, jangovar kemalar qayergadir suzib ketmoqda. Bu bizga kerak bölmagan holat", - deydi sobiq SSSRning sobiq prezidenti.

Öz davrida KPSS MQning boş kotibi bölgan Mixail Gorbaçyov oşkoralik va qayta quriş siyosatini ötkazgan, partiyaning keskin yöl tutişi tarafdorlariga qarşi çiqişdan qörqmagan, davlat töntarişiga urinişni boşidan keçirgan, qisqa vaqtga bölsa ham SSSR prezidenti bölgan va Sovet Ittifoqining parçalanişi guvohi bölgan. U Breksit tufayli qiyinçilikka duç kelgan Britaniyaga qanday maslahat berişi mumkin?