Jamiyat tomonidan neft mahsulotlarini qabul qiliş, saqlaş, tarqatiş, kirim-çiqiş hisobini yuritilişi yuzasidan ötkazilgan örganişda jami 2,7 mlrd. sömlik manbalar aniqlandi, deb xabar berdi Özneftgazinspeksiyaning axborot xizmati

Jumladan, neft mahsulotlari siğimlaridagi mahsulotning haqiqiy qoldiği bilan hisobxona qoldiği taqqoslanganda jami 300 mln. sömlik 32 tonna kamomad hamda 0,476 mln sömlik 0,083 tonna ortiqçalik mavjudligi aniqlandi.

Şuningdek, örganiş davrida 2019 yil 25 martidan 10 oktyabrga qadar iste'molçilarga yetkazib berilgan neft mahsulotlarini avtotarozi orqali xaridor haqidan urib qoliş hisobiga 1 mlrd 614 mln sömlik 222,5 tonna neft mahsulotlari özlaştirilgan.  

Bundan taşqari, jamiyatdagi 26-siğimda saqlanayotgan 111 468 kg miqdordagi moyining sifati GOST 8581-78 talabiga muvofiq emasligi, ya'ni mahsulot sifatsizligi aniqlandi. 

Xozirgi paytda tekşiruv davom etmoqda. Tergov tadbirlari natijasida huquqbuzarlik sodir etgan şaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda çoralar köriladi.