11 noyabr kuni kamyob astronomik voqea – Merkuriy sayyorasining Quyoş gardişidan ötişi kuzatiladi. Bu haqda Özbekiston Fanlar akademiyasi saytida ma'lum qilindi.

«Merkuriy tranziti» deb ham ataladigan bu holat Toşkent vaqti bilan soat 17:36da boşlanib, 23:04gaça davom etadi. Bunda Merkuriy sayyorasi Quyoş va Yer örtasida böladi.

Özbekistonda bu vaqt Quyoş botişiga töğri kelişi hisobga olinsa, tranzitni faqat Qoraqalpoğiston hududida qisman kuzatiş imkoni bor.

Şimoliy Amerikada Quyoş çiqişi paytida, Janubiy-Ğarbiy Osiyo mamlakatlari, Afrika va Yevropa qit'alari hududlarida esa Quyoş botayotgan paytda uni kuzatiş imkoni mavjud. Janubiy Amerika materigi aholisi tranzitni töliq 6 soat kuzatişi mumkin.