Samarqand şahridagi Xalqaro forumlar majmuasida «Valday» muloqot klubining Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda taşkillaştirilgan X Osiyo konferensiyasi boşlandi.

Mazkur tadbirda jahonning 11 davlati — jumladan, Özbekiston, Rossiya, Xitoy, Germaniya, Yaponiya, Şvetsiya, Hindiston, Filippin, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikistondan kelgan 80dan ortiq nufuzli ekspertlar qatnaşişmoqda.

Dasturga binoan, 10 noyabr kuni konferensiyaning birinçi kunida ikki davlatning uzoq muddatga möljallangan munosabatlari rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan «Özbekiston – Rossiya» maxsus sessiyasi doirasida ekspertlarning yiğilişi ötkazildi.

Yiğiliş oldidan Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Oripov va «Valday» xalqaro muloqot klubini rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş fondi Kengaşi raisi Andrey Bistritskiy örtasida ikki tomonlama uçraşuv ötkazildi.

Muzokaralar yakuniga köra Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda «Valday» xalqaro muloqot klubi örtasida hamkorlik qiliş böyiça bitim imzolandi.

Sessiyadan söng Kun.uz muxbirlari jurnalistlar oldida çiqiş qilgan rossiyalik va özbekistonlik ekspertlarning fikrlarini yozib olişdi.

Rossiya Fanlar akademiyasining Xalqaro iqtisodiyot va xalqaro munosabatlar instituti xalqaro taşkilotlar va global siyosiy boşqaruv sektori ilmiy xodimi Aleksey Kupriyanov sessiya yopiq eşiklar ortida ötgani bois batafsil tafsilotlar bilan örtoqlaşa olmasligini ma'lum qildi.

«Özbekistonda Şavkat Mirziyoyev prezident etib saylangaç, ikki davlat munosabatlarida katta özgariş röy berdi. Biz umid qilamizki, munosabatlarimiz ana şu yönalişda rviojlanaveradi. Sessiyada xavfsizlik, iqtisodiy rivojlaniş, iqtisodiy aloqalar masalalari muhokama qilinganini ayta olişim mumkin», — dedi Kupriyanov.

Rossiya Fanlar akademiyasining Xalqaro iqtisodiyot va xalqaro munosabatlar institutining ilmiy işlar böyiça direktori örinbosari, professor