YeOIIga a'zo böliş migrantlar hayotini yengillaştirişi haqida bong urilmoqda. Aslida-çi?
|01:00 / 11.11.201989 59814 min
Sönggi haftalarda Özbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) qöşilişi masalasi borasida yuqorida prinsipial qaror berilganini körsatuvçi alomatlar paydo böldi.
Turli davlat arboblari va ekspertlarning YeOIIga kiriş afzalliklari haqidagi asosan bir tomonlama fikrlari OAVda keng yoritilişi şunday xulosa qilişga asos böladi. Ittifoqqa a'zolik tarafdorlarining eng asosiy va «işonarli» argumentlaridan biri bu – göyo Özbekiston YeOIIga a'zo bölsa, Rossiyada yurgan millionlab özbekistonlik mehnat migrantlarining şaroitlari keskin yaxşilanişi haqidagi fikrdir. Ittifoqqa a'zolik afzalligi böyiça keltirilayotgan boşqa siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni qöyib turaylik, keling, aynan şu asosiy argument sifatida keltirilayotgan «migrantlarimiz hayoti yaxşilanişi» fikri qançalik töğri ekanligini körib çiqamiz. Bunda YeOIIga 2015 yilda a'zo bölib kirgan, Rossiyada 600 mingdan ortiq mehnat migranti yaşayotgan va etno-madaniy jihatdan özbeklarga yaqin bölgan qirğizistonlik fuqarolar misolidan foydalanamiz.
YeOII tovar, kapital, xizmatlar va mehnat kuçining a'zo mamlakatlar örtasida erkin harakatlanişini közda tutadi. Demak, taşkilot nizomi böyiça fuqarolar ittifoqqa a'zo mamlakatlar hududida mahalliy aholi bilan bir xil huquqlarda mehnat qilişi mumkin. Darhaqiqat, qirğizistonliklar Rossiya hududida patent olmay mehnat qiliş huquqiga ega. Patent oliş har oylik tölov (hozirgi kunda Moskvada 5000, Sankt-Peterburgda 3800 rubl) amalga oşirişdan taşqari, uni qölga kiritiş uçun rus tili, Rossiya tarixi va huquqiy asoslari böyiça test topşiriş, tibbiy körikdan ötişni taqozo etadi.
Bundan taşqari, qirğizistonliklar Rossiya hududiga kirgandan keyin ittifoqqa a'zo hisoblanmaydigan boşqa MDH davlatlari (masalan, Özbekiston yoki Tojikiston) fuqarolaridan farqli ravişda yetti kunda emas, balki öttiz kun içida yaşaş joylarini qayddan ötkazişlari kerak (registratsiya – sovet davridan qolgan propiska institutining yangi şakli hisoblanadi).
Yuqoridagi tilga olingan afzalliklar xaqiqatan jozibador va millionlab özbekistonlik migrantlar uçun YeOIIga kiriş uçun yetarli asos bölib körinişi tabiiy. Aslida-çi? Rossiya qonunçiligida va ittifoq nizomlarida aks etgan bu qoidalar amalda qanday işlaydi?
Migrantlar soni böyiça dunyoda eng katta beş davlat orasiga kirişiga qaramasdan, Rossiyada mehnat munosabatlarini rasmiylaştirmasdan faoliyat olib boriş juda keng tarqalgan. Umuman, MDH hududida, şu jumladan Rossiyada, norasmiy, «soyadagi iqtisodiyot»ning uluşi katta. Bu ayniqsa mehnat migrantlari faoliyat olib boradigan sohada juda katta salmoqqa ega. Rossiya rasmiylari 2018 yilda mamlakatda taxminan 2 million «noqonuniy» (tegişli hujjatlarga ega bölmagan) migrant borligini rasman
, 2018 yilda mamlakatga taşrif buyurgan 17,8 million xorijlikdan 5 million kişi mehnat qiliş uçun kirgan. Ulardan 4,5 million kişi MDHga a'zo mamlakatlardan (2 million kişi Özbekistondan), 750 ming kişi YeOIIga kiruvçi Armaniston, Belarus, Qozoğiston va Qirğiziston fuqarolari (bu raqamga quyida yana aniqlik kiritiladi). Demak, qolgan 3,7 milliondan ortiq kişi patent rasmiylaştirib mehnat qilişi kerak. Vaholanki, 2018 yilda Rossiyada
, Rossiya Federatsiyasi sub'yektlari mahalliy budjetiga 57 milliard rubl kelib tuşgan. Bu kamida ikki million kişi patensiz, ya'ni norasmiy işlaydi, degani.
Endi YeOIIga 2015 yil aprelida a'zo bölgan bevosita Qirğiziston fuqarolariga kelsak. Yuqorida 2018 yilda YeOIIga a'zo barça mamlakatlardan (Armaniston – 208 ming, Belarus – 135 ming, Qozoğiston – 111 ming va Qirğiziston – 352 ming) 750 ming kişi Rossiyada rasman işlaşi aytildi. Vaholanki, Qirğiziston rasmiy manbalari ham, Rossiya rasmiy manbalari ham Qirğizistondan Rossiyaga kelib röyxatdan ötganlarning soni 600 mingdan köpligini qayd etadi. Bu raqamdan talabalar (16 ming), vaqtinça (13 ming) yoki doimiy yaşaş (14 ming) huquqiga egalar, Rossiya fuqaroligini qölga kiritganlarni (9 ming) çiqarib taşlasak ham köp sonli qirğizlar mehnat munosabatlarini rasmiylaştirmasdan, ya'ni norasmiy işlab kelayotganini biliş mumkin. 2016 yildagi tadqiqot ham, 2017 yilgi tadqiqot ham qirğizistonliklarning faqat 60-61 foizigina mehnat şartnomalari tuzib işlaşini e'lon qildi.
Demak, YeOIIga a'zo mamlakat fuqarolari bölişlariga qaramay kamida ikki yuz ming nafar qirğizistonlik Rossiyada mehnat şartnomalarisiz işlaşga majbur. Şartnomasiz işlaş degani va'da qilingandan kam oylik beriş yoki ayrim hollarda bermaslik, belgilangan soatlardan ortiq işlatiş, soğlik yomonlaşganda ijtimoiy himoya va tibbiy suğurta imkonsizligini anglatadi. Ya'ni Rossiyadagi qirğizistonliklarning 1/3 qismiga öz mamlakatining ittifoqqa a'zoligi heç qanday naf keltirmadi, deyiş mumkin. Ayni paytda Rossiyada özbekistonliklarning soni 2 million nafardan köpligini inobatga olsak, Özbekiston YeOIIga qöşilgan taqdirda ham 700 mingga yaqin kişiga a'zolik ortidan patent bekor bölişi heç qanday ta'sir körsatmasligi mumkin.
Qolaversa, mehnat şartnomasi tuzilişi, ya'ni rasmiy işlaş ham Rossiya qonunçiligida közda tutilgan va mahalliy aholiga nisbatan qöllanadigan barça imtiyozlarni kafolatlamaydi. Men gaplaşgan köp qirğizistonliklar mehnat şartnomasi rasmiylaştirilgan taqdirda ham köp hollarda qoğozda körsatilgan va amalda olinadigan oylik maoşlar örtasida farq borligini aytişadi. Co‘nggi tadqiqotlar qirğizistonlik migrantlarning ijtimoiy himoya va tibbiy cug‘urtadan qonunda körsatilgan tartibda foydalana olmasliklarini körsatmoqda. Şaxsan özim Rossiyada qullikka tuşib qolgan, mehnat va hatto fuqarolik huquqlari toptalgan özbekistonliklar bilan birga qirğizistonliklarni ham uçratdim.
Rossiya mehnat qonunçiligiga köra, mamlakat soliq rezidentlari 13 foizlik daromad soliği tölaydi (NDFL). Rezident bölmaganlar (masalan, özbekistonliklar) patent narxi bilan hisoblaganda 30 foiz daromad soliği tölaşadi. Qirğizistonliklar Rossiya soliq rezidenti bölişlari uçun bu mamlakatda 183 kun, ya'ni yarim kalendar yili mehnat qilişlari va soliqlarni tölab borişlari kerak. Ya'ni, YeOIIga a'zo mamlakatlar fuqarolari 30 emas, 13 foiz daromad soliği tölaşlari uçun öşa mamlakatda kamida olti oy rasmiy mehnat qilişlari kerak böladi. Migrantlarimizning aksariyati bölmasa ham, katta qismi bahorda Rossiyaga ketib mavsumiy işlarda işlab kuzda Özbekistonga qaytişlarini hisobga olsak, şunça migrant uçun YeOIIga a'zo mamlakatlari fuqarolari uçun közda tutilgan soliq afzalligi ta'sir körsatmaydi (ya'ni patent olib tölaş ham, 30 foizlik daromad soliği tölaş ham bir xil xarajatga aylanadi). Demak, uşbu holatni va bir neça yuz ming özbekistonlik şusiz ham patent puli tölamasdan mehnat qilayotganini hisobga olsak, Özbekiston telekanalida professor tili bilan aytilganidek, ittifoqqa a'zolik migrantlarimizning mamlakatga qöşimça 33-34 trillion söm olib kelişi töğrisidagi da'voda heç qanday asos yöq. Xuddi, YeOIIga kirişga ikki qölni kötarib tarafdor bölayotgan senator Odiljon Iminov ham ittifoqqa kiriş orqali tejaladigan mablağni 4 mlrd dollarga baholaganida asos yöq bölgani kabi.
Endi yaşaş joyidan röyxatdan ötiş (registratsiya) masalasiga kelsak. Rossiya qonunlariga köra, har bir xorij fuqarosi yaşaş joyidan qayddan ötişi kerak. Yaqin-yaqingaça migrantlar yoppasiga biror hostel yoki iş beruvçining manzilini (bu ofis, quriliş maydoni yoki zavod-fabrika bölişi ham mumkin) öz yaşaş joyi sifatida qayddan ötkazib qöyardi. 2-3 yil avval qabul qilingan yangi qoidalarga köra, hozir xorijliklar faqat ayni yaşaş joyidan qayddan ötişlari kerak. Lekin amalda rossiyaliklarning aksariyati öz uyida xorijliklarni röyxatdan ötkazişni xohlamaydi. Demak, aksariyat xorijlik migrantlar, şu jumladan YeOIIga a'zo mamlakatlar fuqarolari ham «registratsiya»ni sotib olişadi, amalda esa özlari işlayotgan joyda yaşaşga moslaştirilgan xona yoki baraklarda yoki ijaraga olingan kvartirada bir neça kişi bölib yaşaşadi. Bundan taşqari, YeOIIga a'zo mamlakatlar fuqarolari ham, MDHning boşqa mamlakatlari fuqarolari ham Rossiya hududidan çiqib qayta kirganida (masalan, öz yurtiga borib kelganida), avvalgi registratsiyasi bekor bölib, yangidan qayddan ötiş kerak böladi.
Qayddan ötmasdan yaşaş yoki asl yaşaş joyi bilan qayd etilgan joyi töğri kelmasligi YeOIIga a'zo mamlakatlar fuqarolari uçun ham, boşqa MDH mamlakatlari fuqarolari uçun ham bir xil ma'muriy huquqbuzarlik hisoblanadi. Ikki marta ma'muriy huquqbuzarlik barça fuqarolar uçun Rossiyadan deportatsiya qiliniş va ism-şarifi mamlakatga kiriş taqiqlangan «qora röyxat»ga kiritilişini anglatadi. 2014-2016 yillarda Rossiya Içki işlar vazirligi va boşqa davlat muassasalari 145 ming qirğizistonlikni «qora röyxat»ga kiritgan, şu davrning özida 55 ming kişi bu röyxatdan çiqarilgan. 2018 yil sentyabrida Rossiyaga kirişi taqiqlanganlar röyxatida 70 ming qirğizistonlik bor edi. Demak, YeOIIga a'zo mamlakatlar fuqarolari uçun yaşaş joyidan röyxatdan ötişga nisbatan köproq vaqt berilgan bölsa-da (7 kun emas, 30 kun), amalda bu boşqa mamlakatlar fuqarolari bilan bir xil tösiq va muammolarga duç keladi.
Moskvada migrantlar huquqlarini himoya qiluvçi «Tong jahoni» nodavlat taşkiloti rahbari Valentina Çupikning sözlariga köra, unga yordam sörab murojaat qiluvçilar asosan politsiya xodimlarining noqonuniy harakatlaridan şikoyat qilişadi. Murojaatlarning aksar qismi kuç işlatar organlar tomonidan noqonuniy uşlab turiş, milliy va diniy motivlarda haqorat qiliş, jismoniy kuç işlatiş hamda noqonuniy işga oliş, işga haq tölamaslik va boşqa şikoyatlarga nisbatan tegişli organlarning çora körmasligiga taalluqli böladi. Bunday harakatlar Rossiya qonunlarida jinoiy iş sifatida malakalanişi kerak.
Bundan taşqari, huquqşunoslarning sözlariga köra, politsiya xodimlari «Migrant-jiloy sektor», «Çistyy gorod», «Ostanovi i dosmotri» kabi doimiy reydlar taşkil qilib, oğzaki topşiriqlar asosida slavyan körinişiga ega bölmagan şaxslarni töxtatişadi. Bunday «tadbirlar» natijasida aksariyat hollarda Markaziy Osiyodan kelgan fuqarolar politsiya tomonidan uşlanişi, qöyib yuboriş evaziga pora talab qilinişi va köp hollarda uçastkaga keltirilişi mumkin.
Çupikning sözlariga köra, huquqiy yordam sörab murojaat qiluvçilarning orasida Özbekiston va Tojikiston fuqarolari bilan bir qatorda Qirğiziston fuqarolarining uluşi ham ança katta. Masalan, 2018 yil sentabr oyidan 2019 yil may oyigaça huquqiy yordam sörab murojaat qilganlarning 17 foizi (3318 murojaat) qirğizistonliklar hissasiga töğri keladi. Vaholanki, uşbu mamlakat fuqarolarining Rossiyadagi umumiy xorijliklar orasidagi uluşi 7 foizni taşkil qiladi (bu körsatkiç tegişli ravişda Özbekiston fuqarolari uçun 38/32, Tojikiston fuqarolari uçun 36/16 foizni taşkil qiladi). Demak, YeOIIga a'zo böliş Qirğiziston fuqarolarining huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan huquqlari poymol etilmasligini kafolatlay olmaydi.
Yana bir gap. Davlatlar özaro yaqinlaşib, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy omillar sababli ittifoq taşkil qilişga, integratsiyalaşuvga qaror qilarkan, bunday intiliş asosida özaro hurmat va tenglik yotişi kerak. Ya'ni, a'zo mamlakatlar fuqarolari bir-birini yaqin körişi yoki heç bölmaganda neytral munosabatda bölişi taqozo etiladi. Bunday munosabatlar davlatlarning siyosiy manfaatlaridan kelib çiqib emas, tom ma'noda xalqlarning yaqinlaşuviga sabab böladi. Va bunday ittifoqlar öz-özidan mustahkam va bardavom böladi. Lekin taassuf bölsinki, Rossiyada Markaziy Osiyodan kelgan insonlarga past nazar bilan qaraş, mensimaslik kayfiyati ança yuqori. Sönggi ön yil davomida «Levada» markazi ötkazgan ijtimoiy sörov natijalariga köra, aksariyat rossiyaliklar mamlakatda imkon qadar Markaziy Osiyo vakillari kamroq bölişi tarafdori. Sönggi ijtimoiy sörovlar natijalariga köra, Markaziy Osiyo vakillarining Rossiyaga kirişini çeklaş tarafdorlari 72 foizni taşkil etgan.
Kondopaga, Manejnaya maydoni, Biryulevodagi kabi töpolonlar, ksenofobiya va rasizm motivlarida onda-sonda bölsa-da röy berib turadigan zöravonlik va hatto qotillik holatlari ham mamlakatda aksilmigrant kayfiyatlar yuqoriligini körsatadi. Uzoqqa bormay, 2019 yil mart oyida Yoqutistonda bölgan voqealarni esga olaylik. Göyoki mahalliy qizni uç qirğizistonlik zörlagani haqidagi xabar Yakutsk ahlini junbişga keltirdi: mitinglar taşkil qilindi, Markaziy Osiyodan kelganlar işlaydigan kafelar, dökonlar va xonadonlarga hujumlar uyuştirildi, bir neça kişi kaltaklandi, migrantlarni Yoqutistondan yoppasiga çiqarib yuborişga çaqiriqlar böldi. Vaholanki, mahalliy aholi çiqarib yuborişni talab qilgan migrantlarning aksariyati Qirğiziston fuqarolari edi. Demak, Qirğizistonning YeOIIga a'zo bölişi rossiyaliklarning ijobiy yoki heç bölmaganda neytral munosabatda bölişini bildirmaydi.
Albatta, har qanday jinoyatga huquqiy baho berilişi va tegişli jazo belgilanişi kerak. Bundan taşqari, oddiy rossiyaliklar orasida oğir mehnat orqasidan pul topayotgan muhojirlarga nisbatan iliq munosabatda böluvçilar ham yöq emas. Lekin bunday kişilar ovozi qarşi ovozlar ummonida deyarli eşitilmayapti.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, şuni xulosa qiliş mumkinki, Özbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qöşilişida asosiy argument sifatida körsatilayotgan «mehnat migrantlarimizning hayoti keskin yaxşilanişi, mamlakatning ittifoqqa a'zoligi ortidan ular orttirgan trillionlab sömlar Özbekistonga kelişi» töğrisidagi fikrlar, yumşoq qilib aytganda, yetarli asosga ega emas. Töğri, YeOIIga a'zo böliş köplab vatandoşlarimizning hayotini biroz bölsa-da yengillaştiradi, ularning ma'lum bir toifasi xarajatlarini nisbatan qisqartiradi. Lekin buning samarasi boşqa yuz minglab migrantlarimiz hayotida deyarli heç qanday rol öynamaydi.
Şerzod Eraliyev (PhD)
Xelsinki universiteti tadqiqotçisi
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamaydi