Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 13 noyabr kuni çorvaçilik, parrandaçilik, baliqçilik va ipakçilik tarmoqlarini yanada rivojlantiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazdi.
Videoselektorda oziq-ovqat xavfsizligidan taşqari ipakçilik sanoatini rivojlantiriş masalalari ham körib çiqildi.
«Pillaçilik juda qisqa muddatda – 30-35 kunda eksportbop mahsulot olsa böladigan tarmoq. Dunyoda 20dan ortiq pilla yetiştiruvçi mamlakat bölsa, Özbekiston Xitoy va Hindistondan keyingi örinda turadi. Lekin yurtimizning jahon bozoridagi uluşi – atigi 2,5 foiz.
Sönggi ikki yildagi sa'y-harakatlar natijasida, xususan, yiliga tört marta ipak qurti boqiş hisobiga pilla hosili 19 ming tonnaga yetkazildi.
Yiğilişda bu tarmoqdagi bozor kon'yunkturasi tahlil qilinar ekan, mamlakatimizda katta imkoniyatlar borligi ta'kidlandi. Bundan samarali foydalanilsa, yaqin yillarda yillik eksport hajmini kamida 500 million dollarga yetkaziş mumkin.
Ayni paytda, tarmoqda qator muammolar bor. Jumladan, tutzorlarning 6 ming gektari yaroqsiz ahvolda. Yana 37 ming gektarda hosildorlik 30 foizga ham yetmaydi. Yuqori ozuqaviy navlar tutzorlar va yakka qator tutlarning bor-yöği 5-6 foizini taşkil etadi. Kasallik va zararkunandalarga qarşi kuraş öz vaqtida sifatli amalga oşirilmayotgani bois ozuqa bazasi yöqotilmoqda.
Ipak qurti uruğining 80 foizi import qilingan. Yurtimizda super-elita ipak uruği yaratadigan yagona muassasa – Ipakçilik ilmiy-tadqiqot institutining moddiy-texnika bazasi eskirgan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Şulardan kelib çiqib, 2022 yil yakuniga qadar 20 ming gektar yangi tutzorlar barpo etiş hamda 10 ming gektar eskirgan tutzorlarni yangilaş rejalaştirilgan.
Buning uçun mavjud tutzorlar oilaviy pudrat asosida aholiga 1 gektardan 3 gektargaça bölib beriladi. Pillaçilik klasterlari tomonidan tutzorlarni yangilaş uçun tut köçatlari va mavsumda ipak qurti uruği tarqatiladi. Pilladan olinadigan daromad bilan bir qatorda, tutzorlar orasiga ekiladigan qöşimça ekinlar ham töliğiça aholi ixtiyorida qoladi.
Qişloq xöjaligi vazirligi, «Özbekipaksanoat» uyuşmasi, viloyat hokimlari va tegişli idoralar rahbarlariga tutzorlar taşkil etiş uçun yer ajratiş, eskilarini yangilaş, suv tejovçi texnologiyalarni qöllaş böyiça topşiriqlar berildi. Kelgusi yili pilla yetiştiriş hajmini 21 ming tonnaga, 2025 yilgaça esa 30 ming tonnaga yetkaziş vazifasi qöyildi.

















