15 noyabr kuni Toşkentda «Özbekiston iqtisodiyotining rivojida kapital bozorining örni» mavzusidagi xalqaro konferensiya bölib ötdi.
Konferensiya davomida sözgan çiqqan Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori Sunnatilla Bekenov xususiylaştiriş böyiça prezident tomonidan topşiriq bölgani haqida gapirib ötdi.
«Biz faol xususiylaştirişni maqsad qilganmiz. Davlat uluşini saqlaş zaruriyati bölmagan korxonalardan qisqa muddatlarda çiqiş böyiça prezident tomonidan berilgan topşiriq mavjud.
Hozirda çiqarilayotgan aksiyalarning nominal qiymatlariga qaraydigan bölsangiz, ularning 80 foizi davlat ixtiyorida bölgan korxonalarning aksiyalari. Aksiyalarning mayda paketlarini kapital bozori orqali bozorga çiqaramiz. Tabiiyki, rivojlangan kapital bozori bölmasa, ularni sota olmaymiz», – dedi u.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, agentlik rahbari mamlakatda xususiylaştiriş strategiyasi tayyorlanayotgani haqida ham ma’lumot bergan.
«Hozirda xususiylaştiriş strategiyasini tayyorlayapmiz. [Uni tayyorlaş] 1 fevralgaça yakunlanadi. Unda qayerda davlatning katta uluşini saqlab qolişimiz, qayerda umuman iştirok etmasligimiz aniq körsatib ötiladi.
Prezidentning topşiriqlariga muvofiq, agentlik pozitsiyasi şundan iboratki, biz iqtisodiyotda iştirok etişdan maksimal darajada çiqamiz. Şu sababli aksiyalarning yetarli darajadagi paketini çiqaramiz.
Birinçi natija – 20ta korxonani IPÖga tayyorlayapmiz. Ya’ni biz strategiya işlab çiqilişini kutmaymiz. Biz qayerda kerak emasligimizni aniq bilamiz», – dedi Bekenov.
«Bozor bizga aksiyalar narxini şakllantiriş uçun ham kerak. Afsuski, bugungi kunda aksiyalarning bozor narxi şakllanmagan. Çunki bozorning özi hali rivojlanmagan», – deya qöşimça qildi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori.












