«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Toşkent şahri hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning jurnalistlarni haqoratlagan va tahdid qilgan audiosi yuzasidan munosabat bildirdi.
«Adolat» partiyasi hokimning bu sözlari inson huquqlari va uning şa'ni, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlarining buzilişi deb hisoblaşini ma'lum qilgan. Bayonotda OAVni rağbatlantiriş davlat siyosati darajasiga kötarilganda ayrim rahbarlar, xususan, ijro hokimiyati mutasaddilari uşbu kasb vakillariga nisbatan bunday munosabatda bölişi kişini jiddiy öylantirişi aytib ötilgan.
«Nega ba'zi mansabdorlar öz faoliyatida OAVga suyanişning örniga bepisandlik bilan yondaşmoqda? Nima sababdan avvalgi ba'zi mutasaddilarning «xurmaça» qiliqlaridan poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxöjayev töğri saboq çiqarmadi? Hokimning oğzidan yangragan sözlar nafaqat jurnalist yoki bloger, balki eşitgan har bir quloq uçun oğir botadi. Inson huquqlari ustuvor jamiyatda bu holatni qanday hazm qiliş mumkin?
Uşbu holatga Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi tomonidan himoyaviy çora kutib qolamiz.
Şuningdek, jurnalist va blogerlarni mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ijrosini ta'minlanişidagi hissasini hamda jamiyatimizda adolatni örnatişdagi faolligini e'tirof etgan holda, huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevga nisbatan qonunda belgilangan tartibda qat'iy çora körilişini söraymiz», – deyiladi bayonotda.












