Samarqand viloyati Iştixon tumanining Qörli qişloğida yaşovçi uy bekasi Zebiniso Röziqulova hovlisida köknori yetiştirmoqçi bölib, giyohvandlik ösimligi uruğlarini qadadi. Albatta, keyinçalik sud yiğilişida bu ösimlikni ekib yetiştiriş taqiqlangan ekanligidan xabardor bölganini ham tan olgan.

Lekin qöni-qöşnining közi tuşadigan joyda bemalol yetiştiriş, oqibatini öylamaslik qonun-qoidalarga bepisandlikdir.

«Qoradori-2019» birinçi bosqiç tadbiri davomida Samarqand viloyati va Iştixon tumani IIB xodimlari bu hovliga kirib borganda Z.Röziqulova bemalol köknorilarni suğorayotgan edi.

Aniqlanişiça, u öz tomorqasining 5×2,5 m.kv joyida yetiştirayotgan köknori ösimliklarining har birining böyi 20-25 sm bölib qolgan. Ular aşyoviy dalil sifatida hujjatlaştirilib olib qöyilganligi sababli, u öziga boğliq bölmagan holda köp miqdordagi giyohvandlik vositasini ötkaziş jinoyatini sodir qila olmay qoldi.

Jinoyat işlari böyiça Qöşrabot tuman sudining sudya I.Ğulomov raisligida bölib ötgan oçiq sud majlisida Zebiniso Röziqulova Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan eng kam oylik iş haqining 40 baravari miqdorida jarima jazosi, 25-, 273-moddasining 5-qismi bilan, 57-moddani qöllab, 7 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Albatta, sud Z.Röziqulovaning heç joyda işlamayotgani, 5 nafar farzandi borligi, qilgan jinoyatida qattiq puşaymonligini inobatga olib, Jinoyat kodeksining 72-moddasini qöllab, tayinlangan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi şartliga almaştirildi va uç yil sinov muddati belgilab berdi.
















