Odatda, terma jamoalar bilan boğliq tanaffus paytida klublarda hammasi tinç böladi, lekin seşanba kuni Angliyada haqiqiy «bomba» portladi. «Tottenhem» boş murabbiy Maurisio Poçettinoni iste'foga çiqardi. Ha, ikki tomonlama kelişuv asosida şartnomani tugatiş emas, aynan iste'fo röy berdi.

Levi nima deydi?

«Bizning bu özgarişlar tomon yurişimiz oson bölmadi va bu qaror şoşilinç tarzda qabul qilingan yeçim emas» – dedi «şporlar» xöjayini Deniyel Levi, - «afsuski, jamoaning çempionatda ötgan mavsum oxirlaridagi va uşbu mavsum boşidagi natijalari hafsalani pir qiladigan darajada böldi.

Rahbariyat uçun bu juda oğir qaror, zero biz Maurisio va uning ştabi bilan birgalikda juda ajoyib onlarni boşdan keçirdik. Lekin klub manfaati uçun şu yöldan borişga majburmiz.

Maurisio va uning ştabi «Tottenhem» tarixiga kirdilar. Biz öz stadionimizda öynay olmagan juda qiyin damlarda ham u sinovlarga doş berdi, bizga ijobiy natijalar va onlarni olib kelgandi».

Aslida bunday yangiliklar oldidan matbuot turli miş-miş va insaydlarga tölib ketar, hamma iste'foning qaçon yuz berişi-yu, yangi nomzodlar ustida muhokama qilişardi. Lekin bu safar unday bölmadi, iste'fo yuz bergan kunning boşlanişida Telegraph naşri «Tottenhem» Poçettinoni ketkazmoqçi emasligini, buning ustiga unga tölanişi kerak bölgan 12,5 million funt tovon puli ham katta summa ekanini yozgandi. Lekin hammasi özgarib ketdi, tovon puli esa, endi tölanadi.

Iste'foga yetaklagan natijalar

Natijalar bilan qarasak, Poçettinoning ketişi u qadar hayratlanarli emas, «Tottenhem» nafaqat uşbu mavsumni, balki ötgan mavsumning ikkinçi yarmini ham juda yomon ötkazdi. Faqat Çempionlar Ligasidagi natijalar vaziyatni biroz boşqaça körsatib turgandi, xolos.

«Tottenhem» APLdagi sönggi 24 öyindan atigi 25 oçko oldi – agar çempionat fevralda boşlanganda, hozir klub ligada öz örnini saqlab qoliş uçun kuraşayotgan bölardi. Bu mavsumda londonliklarda 12 öyindan keyin 14 oçko bor va jamoa Çempionlar Ligasi yöllanmasi beriladigan örinlardan (11 oçko) köra, «xavfli zona»ga (6 oçko) yaqinroq turibdi. «Bavariya»dan Çempionlar Ligasida qabul qilib olingan 2:7 hisobidagi mağlubiyat esa, juda oğir zarba böldi.

Bir neça manbaning aytişiça, Poçettino klubning transfer kampaniyasidan norozi bölgan. Argentinalik mutaxassis tarkibni tubdan yangilamoqçi bölgan, Sebalos va Koutinoni şaxsan çaqirgan. Ammo rahbariyat faqat bitta yirik transfer bilan çeklandi – 60 million yevroga Ndombele olib kelindi. Murabbiyga kerak emasligi aytilgan Eriksen, Rouz va Alderveyreld sotib yuborilmadi.