«Tottenhem» boş murabbiyi Maurisio Poçettino iste'foga çiqarildi. Bu haqda klub öz rasmiy saytida ma'lum qildi.
Poçettino «Tottenhem»ni 2014/2015 yilgi mavsumdan beri boşqarib kelayotgandi. Uning boşqaruvida jamoa ötgan mavsum Çempionlar Ligasi finaliga çiqqan va unda «Liverpul»ga yutqazib qöygan edi (0:2). Argentinalik mutaxassis faoliyati davomida «Espanol», «Sauthempton» kabi jamoalarni ham boşqargan.
«Şporlar» uşbu mavsumni muvaffaqiyatsiz ötkazib, APLda 12-turdan söng 14 oçko bilan 14-örinni egallab turişibdi. Jamoa 1-örindagi «Liverpul»dan 20 oçkoga ortda qolib ketgan.












