Toşkent şahridagi bir neçta bannerlarda giyohvand moddalar sotiladigan onlayn dökonga olib kiruvçi QR-kodlar reklama qilinayotgani ma'lum böldi.

Sönggi bir neça kun içida bu kabi reklama bannerlari Samarqandda, qolaversa Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston şaharlarida ham aniqlangan.

Özbekiston poytaxtida buni dastlab jurnalist Muhammadşarif Mamatqulov payqagani aytilmoqda. U çorşanba kuni bu haqda içki işlar organlariga xabar bergan.

Ma'lum bölişiça, Toşkentdagi bannerlarda tasvirlangan QR-kodlar .ru domenidagi saytga yönaltiradi. Unda stimulyatorlar, eyforetiklar, psixodelik moddalar, kannabinoidlar va tamaki qorişmalari sotiladi.

Foto: Muhammadşarif Mamatqulov

Qozoğiston Içki işlar vazirligi ma'lumotiga köra, sönggi kunlarda mamlakatning bir neçta şaharlarida narkotiklar reklamasi qöyilgan 8ta banner aniqlanib, olib taşlangan. Hodisaga aloqador şaxslarni qölga olib, javobgarlikka tortiş çoralari körilmoqda. 

Şuningdek, Qirğizistonning Bişkek va Öş şaharlarida ham şunga öxşaş bannerlar olib taşlangan.

Ayni paytga kelib, onlayn dökonning tanlov ötkazayotgan Instagram`dagi sahifasi bloklangan.