Özbekiston Respublikasi prezidenti “Yadro fizikasi instituti ilmiy-tadqiqot faoliyatini qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yönalişlari etib belgilandi:
nazariy va eksperimental yadro fizikasi, atom energetikasi va yadroviy texnologiyalar, qattiq jism radiatsion fizikasi va materialşunoslik, yadroviy analitika va radiokimyo, ilmiy asbobsozlik böyiça fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib boriş va ilmiy-innovatsion işlanmalarni amaliyotga tatbiq qiliş;
oliy öquv yurtidan keyingi ta'lim instituti faoliyati samaradorligini ta'minlaş, yuqori malakali kadrlar tayyorlaş va iqtidorli yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş;
respublika maqsadli fan-texnika va innovatsion dasturlarini bajariş orqali yadro fani va texnologiyalarini muvofiqlaştirişda faol iştirok etiş;
iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari, ta'lim muassasalaridagi öquv jarayonida Institut ilmiy salohiyatidan samarali foydalaniş, dissertatsiya işlari va bitiruv malakaviy işlariga rahbarlik qiliş orqali fan, ta'lim va işlab çiqariş integratsiyasini mustahkamlaş;
xorijda ilmiy kadrlarning kasbiy malakasini oşiriş, şuningdek, Institut ilmiy faoliyatiga çet ellik olimlar va mutaxassislarni, şu jumladan, xorijdagi vatandoşlarni jalb qiliş;
Institut faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etiş.
Belgilab qöyilişiça, 2020 yilning 1 yanvaridan boşlab:
Institut xodimlari mehnatiga haq tölaş, bino va inşootlarini saqlaş xarajatlarini moliyalaştiriş, şuningdek, joriy xarajatlarini qoplaş Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari hisobiga amalga oşiriladi;
Institutda ilmiy-texnik dasturlar doirasidagi fundamental tadqiqotlarning amalga oşirilişi töxtatiladi va böşagan budjet mablağlari Institutni saqlaş xarajatlarining moliyalaştirilişiga yönaltiriladi.
Institut faoliyatini moliyalaştiriş manbalari etib quyidagilar belgilandi:
Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari;

















