Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 28 noyabr kuni keçqurun Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Ikkinçi maslahatlaşuv kengaşi majlisida iştirok etiş uçun Toşkentga keldi va Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuv ötkazdi.

Uçraşuvda ikki mamlakat örtasida iqtisodiyot, energetika, transport, ta'lim, madaniyat va sarmoyalar sohasidagi aloqalarni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi. Tojikiston va Özbekiston rahbarlari ikki davlatning köplab sohalardagi hamkorligidan mamnun ekanligini bildirdi, deya xabar bermoqda Tojikiston prezidentining matbuot xizmati.

Tojikiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevni Duşanbe şahriga rasmiy taşrif bilan borişga taklif qildi.

Eslatib ötamiz, bugun Toşkentda Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Ikkinçi maslahatlaşuv kengaşi yiğilişi bölib ötadi.

Sammit kun tartibiga siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda mintaqaviy hamkorlikni kengaytiriş masalalari kiritilgan.

Bundan oldin, Qirğiziston prezidenti Toşkentga kelgani xabar qilingandi.