Oliy Majlisi Senati yalpi majlisi davomida senator Alişer Kurmanov Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi vakiliga savol beriş asnosida iqtisodiy zonalarda kuzatilayotgan muammolarni ma'lum qildi. 

“Yil davomida joylarga çiqib, vaziyatni örgandik, mansabdor şaxslar, iqtisodiy zona rahbarlari bilan uçraşdik. Afsuski, bir muammo namoyon bölib qoldi. Köp hollarda bu odamlarni maxsus investitsiyalar bilan işlaş, iqtisodiy zonalarni yuritiş könikmalari yöqligi aniqlandi. Ba'zi bir holatlarda na çet tillarini bilişadi, na muzokaralarni olib boriş xususiyatlariga ega.

Vaholanki, davlat dasturida davlat xizmatçilarini tayyorlaş sifatini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida nazarda tutilgan edi. 

Agar bizda şunday tizim mavjud bölsa, nima uçun bu tizimning unumdorligi sezilmayapti. Agar yöq bölsa, jiddiy savol nima uçun yöq?” - deya savol berdi Alişer Kurmanov. 

Bunga javoban, investitsiyalar va taşqi savdo vaziri örinbosari Nozim Xolmurodov bugungi kunda mamlakatda 21ta erkin iqtisodiy zonalar faoliyat yuritayotgani, erkin iqtisodiy zonalar rahbarlarining malakasini oşirişda birinçi navbatda vazirlik tomonidan asosiy e'tibor xorijiy davlatlarning tajribasini örganişga qaratilgani, rahbarlarning bu boradagi malakalarini oşiriş maqsadida vazirlik qoşida trenerlarni jalb qilgan holda kurslarni ötkaziş maqsadida öquv markazi taşkil etilgani va vazirlik tomonidan ana şu yönalişda amalga oşirilayotgan boşqa işlarni ma'lum qildi. 

Senat raisi Tanzila Norboyeva bu masala haqiqatan ham dolzarb ekani, prezident tomonidan hozirda xorijdan juda katta investitsiyalar olib kelinayotgani, biroq bizda şaroit bölmagani, işlaşni bilmaganlik tufayli investorlarning Özbekistondan ketib qolayotgani, şuning uçun ham ayniqsa hududlarda mazkur masalaga jiddiy e'tibor beriş kerakligini ta'kidladi.