Toşkent şahar IIBB YHXB YPX brigadasida Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining örinbosari, general-mayor Aziz Ikromovning Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari bilan uçraşuvi bölib ötdi.

Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, vazir örinbosari endilikda eskiça usullarda işlab bölmasligini, hozir har bir xodimdan jonbozlik körsatiş, taşabbuskor böliş, tinimsiz izlaniş va örganiş talab etilişini, buning uçun eng avvalo har bir xodimning bilim darajasi yuksak, muomala madaniyati boşqalarga örnak bölişi zarurligini alohida ta'kidlab ötdi.

Qayd etilişiça, u kamçiliklarga yöl qöyadigan, odamlarni sarson qilib, ularning noroziligini keltirib çiqaradigan, siyosiy va ijtimoiy dunyoqaraşi past, saviyasiz, siyosiy dunyoqaraşi tor, qolaversa madaniyatsiz xodimlarga safimizda örin yöq, deya qat'iy fikr bildirgan.
Şuningdek, vazir örinbosari xodimlarning maxsus kiyim-boşlariga, orastaliklariga ham e'tibor qaratib, özining tanqidiy fikrlarini bildirdi. Örta böğin rahbarlar, saf bölinmalari komandirlari zimmasidagi vazifalarni, ularning oldiga qöyiladigan vazifalarni atrofliça tuşuntirib, komandirlar bilan suhbatlaşdi.

- Sizlarning asosiy vazifalaringizdan biri va eng muhimi qöl ostingizdagi har bir xodim haqida, uning oilasi, ijtimoiy ahvoli, ruhiy holati töğrisida batafsil ma'lumotga ega böliş, - dedi A.Ikromov. - Agar qöl ostingdagi xodimning oilaviy şaroiti yaxşi bölsa, uning e'tibori işga, uning sifatiga qaratiladi.

Bundan taşqari, u Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati hamişa xalq köz öngida faoliyat olib borişini, fuqarolar ularning harakatlariga qarab butun içki işlar organlari faoliyatiga baho berişini tuşuntirdi.
















