Oliy ta'lim vazirligiga yuklatilgan 15ta vazifaning 2tasi yakuniga yetkazilmagan. Bu haqda Senatning Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi raisi Zayniddin Nizomxöjayev Oliy Majlis Senatining bugun, 30 noyabr kuni bölib ötayotgan yigirma törtinçi yalpi majlisida ma'lum qildi.

“Vazirlikka fan böyiça 1500ta elektron öquv majmualarini işlab çiqiş topşirilgan bölsa-da, uşbu topşiriq bugungi kunda atigi 13 foizga bajarilgan. Uşbu uslubiy majmualarni işlab çiqiş öqituvçi va talabalar uçun juda zarur. Zero, fanlarni özlaştiriş uçun buning ahamiyati katta”, deya senatorning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Avvalroq, Senatning Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi raisi Mehnat vazirligi tomonidan migrantlar faoliyatiga ruxsat beruvçi Rossiyaning köp tarmoqli markazini belgilangan muddatda taşkil etilmaganini aytib ötgandi.

Eslatib ötamiz, Senatning 24-yalpi majlisi töğridan-töğri translatsiya qilinmoqda. Yalpi majlis işini Oliy Majlis Senatining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari (Facebook, You Tube) orqali töğridan-töğri onlayn rejimida kuzatib borişingiz mumkin.