2020/2021 öquv yilidan boşlab, fanlar majmuasiga çet tili kiritilgan bakalavriat ta’lim yönalişlariga B2 va undan yuqori daraja talab etiladi.

Agar abituriyent V2 va undan yuqori darajaga ega bölsa, unga uşbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.

2019/2020 öquv yilida çet tili birinçi fan bölgan ta’lim yönalişlari uçun DTM tomonidan berilgan çet tilini biliş töğrisidagi sertifikat (milliy sertifikat) yoki IELTS (5.5), TOEFL IBT (72 ball) xalqaro imtihon tizimlari böyiça V2 va undan yuqori til biliş darajasi talab qilingan.

Çet tili asosiy fan bölmagan ta’lim yönalişlari uçun esa mos ravişda IELTS imtihonidan 4.5, TOEFL IBT’dan 42 ball, SEFR imtihonidan V1 va undan yuqori daraja söralgan.

Biroq 2020/2021 yilgi kiriş imtihonlarida bu tartib biroz özgardi.

Davlat rahbarining 2019 yil 13 maydagi «Oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qilişda milliy hamda xalqaro baholaş tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilişi çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga binoan, 2020/2021 öquv yilidan boşlab, test sinovlari majmuasiga çet tili kiritilgan barça bakalavriat yönalişlari uçun til darajasi bir xil etib belgilangan.

Bunda barça bakalavriat yönalişlariga ingliz tili uçun milliy sertifikat yoki IELTS (5.5), TOEFL IBT (72), Cambridge Assessment English FCE uçun V2 va undan yuqori daraja talab etiladi.

Lekin istisnoli holat şundaki, 2019 yilga qadar DTM tomonidan berilgan milliy sertifikatning amal qiliş muddati uşbu sertifikatning amal qiliş muddati davrida saqlab qolinişi ham qarorda közda tutilgan.

Bu degani V1 darajadagi 2019 yilga qadar DTM tomonidan berilgan milliy sertifikat (amal qiliş muddati tugamagan bölsa) ham abituriyentga kiriş imtihonida imtiyoz berişi mumkin.

DTM matbuot xizmati xodimi Jamşidbek Odilovning ta’kidlaşiça, bu istisno xalqaro sertifikatlarga nisbatan qöllanmaydi. Çunki xalqaro sertifikatlar ilk marta 2019 yildan milliy OTMga kiriş uçun imtiyoz sifatida tan olindi. Şuning uçun 2019 yildan oldin olingan B1 darajadagi xalqaro sertifikatlarning imtiyozi 2020/2021 öquv yili uçun imtihonda abituriyentga maksimal ball bermaydi.