Özbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklarining mijozlariga murojaat bilan çiqdi.
Qayd etilişiça, Markaziy bankning Bank xizmatlari iste'molçilarining huquqlarini himoya qiliş xizmatiga kelib tuşayotgan murojaatlarning tahlili bank xizmatlarini körsatişga doir şartnomalarning ayrim şartlari böyiça mijozlar va xizmat körsatuvçi banklar örtasida nizolar mavjudligini körsatmoqda.
Mijozlar, banklar bilan yuzaga kelayotgan nizolarning asosiy sabablaridan biri sifatida bank xizmatlarini körsatişga doir şartnomalar rasmiylaştirilgunga (imzolangunga) qadar ularning şartlari bilan tanişiş imkoniyatining mavjud emasligini, banklar tomonidan şartnoma şartlarining mazmuni yetarli darajada oşkor etilmaganligini, şuningdek, şartnomaning imzolangan bir nusxasi taqdim etilmasligini bildirişmoqda.
Qayd etilgan muammolarni hal etiş maqsadida Markaziy bank tomonidan “Bank xizmatlari iste'molçilari bilan özaro munosabatlarni amalga oşirişda tijorat banklarining faoliyatiga qöyiladigan minimal talablar töğrisida”gi Nizomga qöşimça kiritilgan bölib, unga köra iste'molçi bank xizmatlarini körsatiş töğrisidagi şartnoma (kredit, depozit, bank hisobvarağiga xizmat körsatiş, lizing, bank kartalari va boşqalar böyiça) imzolangunga qadar uning loyihasini batafsil tanişib çiqiş uçun bank binosidan taşqariga olib ketişga haqlidir.
Tijorat banki bank xizmatini körsatiş töğrisida şartnoma imzolangan kunda şartnomaning bitta asl nusxasini iste'molçiga yoki uning vakolatli vakiliga taqdim etişi, şuningdek, şartnoma bilan mustahkamlangan huquqlar va majburiyatlar hamda taqdim etilayotgan xizmat böyiça töliq va haqqoniy ma'lumotlarni oşkor etişi lozim.
Markaziy bank mijozlarga bank xizmatini körsatiş töğrisida tijorat banklari bilan şartnomalarni imzolaşdan oldin uşbu şartnomalarning matni, jumladan ularga kiritilgan moliyaviy majburiyatlar bilan boğliq matnlarni diqqat bilan tanişib çiqişni, zarur hollarda huquqşunoslardan tegişli maslahatlar olişni tavsiya etmoqda. Şu bilan birga, şartnoma şartlarini tuşunmagan holatlarda esa, bank xodimlariga savol bilan murojaat etişdan tortinmaslikni söragan.

















