Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda O‘zbekiston fuqarolarining maoshi berilmayotgani va yotoqxonadan majburiy chiqarib yuborilayotgani aniqlandi
Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarolarining maoshlari berilmayotgani va yotoqxonadan majburiy chiqarib yuborilayotgani aniqlandi. 2019 yilning 3 dekabr kuni OAVda bu haqda tegishli murojaat tarqaldi.
O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasi va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi xodimlari yuqoridagi murojaatni Kolpino shahriga borib tekshirdilar.
Hamyurtlarimiz va ICA Construction kompaniyasining mas'ul xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda yurtdoshlarimizning manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishilgan.
TIV xabariga ko‘ra, vaziyat bosh konsulxona nazoratida.
Konsullik huquqiy departamenti eslatishicha, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.
Mavzuga oid
21:00 / 23.08.2025
Vashingtonda noqonuniy migrantlarni hibsga olish holatlari o‘n barobarga oshdi – CNN
19:52 / 21.08.2025
AQShda o‘n minglab migrantlarning himoya maqomini bekor qilishga ruxsat berildi
20:33 / 13.08.2025
Moskvada migrantlarga taksichilik qilish taqiqlanmasligi aytildi
23:15 / 11.08.2025