Joriy yilning 6 dekabr kuni soat 20:32da «Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasi»da 800 mVtli 1-energoblok texnologik himoya işlaşi sababli nosozlik holati bilan öçgan. Bu haqda Kun.uz’ga «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati xabar berdi. 

Nosozlik natijasida Qaşqadaryo, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Farğona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi aholi avariyaga qarşi avtomatika tizimi orqali vaqtinça tarmoqdan uzilgan. Elektr ta'minotidan uzilgan iste'molçilarga darhol energetika tizimidagi mavjud zaxira quvvatlarini işga soliş evaziga kuçlaniş beriş çoralari körilgan.

“Milliy dispetçerlik markaziga ma'lum qilingan ma'lumotlarga köra, «Tolimarjon IES» 1-energoblogi 6 dekabrdan 7 dekabrga ötar keçasi, ya'ni bugun soat 01:51 da işga tuşirilgan hamda elektr energiya umumtizimiga ulangan”, deyiladi rasmiy xabarda.