Toşkentdagi yangi qurilgan uylar aholisi gaz quvuriga ulanmagan bölsa ham öz-öziça aylanaveradigan gaz hisobagiçlaridan şikoyat qilişdi.
“Köp xonadonli uyimizda gaz hisoblagiçlari örnatilgandi. Hamma qöşnilar gazga köp pul tölayotganlaridan şikoyat qila boşlaşdi”, deb yozgan Facebook’dagi “Potrebitel” guruhi foydalanuvçilaridan biri.
Xabarga ilova qilingan videoda bir erkak qölida “SGU-G6” markasidagi hisoblagiçni uşlab turganini köriş mumkin. Qiziği şundaki, qurilma gaz quvuriga ulanmagan bölsa ham körsatkiçni özgartirişda davom etgan.
“Hammada hisoblagiçlar bir xil. Men ham hayron böldim. Uyimda bir yildan beri yaşamayman, uni ta'mirlayotganim uçun undan deyarli foydalanmaganman. Biroq gazga 900 ming söm yozilipti. Odatdagidek MIBdan kelişgandi va men tölovni amalga oşirdim”, deb aytgan iste'molçi.
Söngra mahalliy aholi yiğilib, vaziyatga oydinlik kiritişga qaror qilgan.
“Qöşnilar bilan yiğiliş ötkazdik va bir oyda 2,7 mln sömlik gaz yozilgan odamlar borligi aniqlandi. Qöşnining hisoblagiçini yeçib oldik, u esa aylanişda davom etaverdi. Uyni qurgan taşkilotning ta'kidlaşiça, u unga ruxsat berilgan hisoblagiçlarni örnatgan va buni isbotlaşga tayyor”, deb aytgan mahalliy fuqaro.
Şuningdek, quriliş taşkiloti avvalroq sotib olgan boşqa hisoblagiçlarni örnatmoqçi bölgani, biroq tuman gaz ta'minoti bölimida unga “SGU-G6” markasidagi hisoblagiçlarni örnatiş buyurilgani ma'lum bölgan.
“Potrebitel” guruhi a'zolari bu holatga turliça munosabat bildirişgan.
Ulardan birining ta'kidlaşiça, bunday hisoblagiçlarning Özbekistonga olib kirilişi 2017 yildayoq taqiqlangan. Şunga qaramay, köplab yangi uylarda gaz ta'minoti korxonalari hanuzgaça bu qurilmadan foydalanmoqda.
Boşqa foydalanuvçilarning aytişiça, ularda ham şunday hisoblagiç örnatilgan bölgan. Ular oxir-oqibat hisoblagiçni almaştirişgan, biroq avvalgi hisoblagiç yozgan gaz uçun baribir mömaygina pul tölaşlariga töğri kelgan.

















