Telegram'dagi «bakiroo» kanali muallifi Otabek Bakirov bugun ertalab Toşkentdan Namanganga uçişi kerak bölgan samolyot yölovçilari bilan sababsiz uşlab turilgani haqida xabar tarqatdi.

Uşbu reysga çipta olgan yölovçilardan biri bölgan bloger öz postida «bir neça soat samolyot içida qolib, holsizlikdan huşdan ketganlar ham borligi»ni, şu bois uçta tez yordam maşinasi çaqirilganini ham qöşimça qilgan.

Bloger: «Mana şunaqa monopoliya»

«Bakiroo» kanali muallifi soat 15:17da qoldirgan postida şunday deb yozadi:

«HY-95 aviareysi ertalab 8dan beri yölovçilari bilan uşlab turilibdi.

Ayrim yölovçilar bir neça soatdan buyon samolet içida. Holsizlikdan huşidan ketganlar ham bor, uçta tez yordam maşinasi keldi. Bortkuzatuvçilar samolyot bortini tark etganlarga aviaçipta qiymati qoplanmasligini aytişmoqda. 

Norozilik bildirganlar vaziyatga izoh söraganlari va jarayonni videoga olgani uçun militsiya naryadi çaqirildi, norozi ayollar huquqlarini talab etgani uçun alohida ayol militsiya xodimi ham yetib keldi.

Samolet bortida önlab xorijliklar ham bor. Mana şunaqa monopoliya. Mana şunaqa havoşka».

Bakirovning sözlariga köra, u uçiş-uçmaslik borasida aniqlik bölmagaç, samolyotni bir neça yölovçilar bilan birga tark etgan.

«Havoşka» (vakillari) na uzr va na tazarru bildirdi. Kompensatsiya haqida-ku gap bölişi ham mumkin emas ekan. Samolyotda çaqaloqli ayollar, bolalar, qariyalar qolmoqda. Heç qursa, ularga issiq çoy, ovqat berilsa bölardi», deya qöşimça qilgan u.

Aeroport izohi: «Reys keçiktirilgaç, bortda birorta ham yölovçi qolmagan»

«Özbekiston havo yöllari» aviakompaniyasi aloqa markazi Kun.uz söroviga javoban reys keçikişi, yölovçilarga tez tibbiy yordam zarurati tuğilgani va xavfsizlik xodimi çaqirtirilgani haqida ma'lumotga ega emasligini bildirib, bu savollarga Toşkent xalqaro aeroporti javob berişini ma'lum qildi.

Aeroportdagilar Toşkent-Namangan reysi avval belgilanganidek soat 08:35da emas, soat 15:35da uçib ketganini tasdiqladi. Unga köra, samolyot uçişidan oldin yölovçilar bortda bir yarim soat çamasi kutib qolişgan.