Xalqaro matbuot markazida ötkazilgan brifingda ma'lum qilinişiça, Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalar tomonidan ötkazilayotgan deputatlikka nomzodlarning saylovçilar bilan uçraşuvlari va saylovoldi taşviqot tadbirlarini monitoring qilib borilmoqda. Ötgan vaqt davomida siyosiy partiyalar tomonidan jami 863 marta miting ötkazilgan, 2 mingga yaqin taşqi reklama vositalarida bannerlar joylaştirilgan, nomzodlar töğrisida 1 milliondan ortiq plakat va 7 millionga yaqin flayerlar tarqatilgan.

Qonunçilik palatasi deputatligiga nomzodlar tomonidan jami 21 ming 571 marta, nomzodlarning 6 mingdan ortiq işonçli vakillari tomonidan esa 21 ming 295 marta saylovçilar bilan uçraşuvlari ötkazilgan.

«Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda olib borilayotgan monitoring natijalari, şuningdek, «Işonç telefoni»ga kelib tuşayotgan murojaatlar şuni körsatmoqdaki, siyosiy partiyalar va nomzodlar tomonidan olib borilayotgan saylovoldi taşviqoti işlari har bir saylovçigaça yetib bormagan. Joylarda saylovçilarimiz deputatlikka ilgari surilgan nomzodlar, ularning dasturiy yönalişlari töğrisida yetarliça ma'lumotga ega emas.

Bugungi kunda nomzodlar xususida körgazmali keng kölamdagi tarğibot-taşviqot işlariga qaramasdan nomzodlardan tomonidan aholi bilan uçraşuvlarni kuçaytirişni talab etadi. Saylovoldi taşviqoti eng qizğin pallasiga kirib kelmoqda, 11 kundan söng saylovoldi taşviqoti vaqti tugaydi. Şundan kelib çiqib, siyosiy partiyalar va nomzodlarga saylovoldi taşviqotini yanada faollaştiriş, joylarda saylovçilar bilan uçraşuvlarni köpaytirişni tavsiya qilamiz. Zero, bundan avvalambor siyosiy partiyalar va nomzodlar manfaatdordir», deya Mahmud Istamovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Avvalroq MSK raisi Mirzo Uluğbek Abdusalomov joylarda saylovoldi taşviqoti köngildagidek olib borilmayotgani, fuqarolar deputatlikka nomzodlarni körmayotganidan şikoyat qilayotganini aytgandi.

Brifingda saylovçilarning yagona elektron röyxatidan olingan dastlabki saylovçilar soniga uyma-uy yuriş orqali aniqlik kiritilgani, 9 dekabr holatiga umumiy saylovçilar soni 20 529 590 nafarni taşkil etişi, 1 790 039 nafar saylovçi xorijiy davlatlarda tuzilgan saylov uçastkalariga biriktirilgani ma'lum qilindi.