O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan 2020 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan fuqarolardan talab qilinishi, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan hujjatlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Ro‘yxat:
1. Yashash joyidan ma'lumotnoma.
2. Ariza beruvchi yashash joyi bo‘yicha yashayotganligi (ro‘yxatdan o‘tkazilganligi) to‘g‘risidagi ma'lumotnoma.
3. Doimiy va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar soni to‘g‘risida ma'lumotnoma.
4. Doimiy yashash joyida yashayotgan muddati ko‘rsatilgan ma'lumotnoma.
5. Yashovchi shaxslar sonini tasdiqlaydigan ma'lumotnoma.
6. Turar joyda yashovchi shaxslar ko‘rsatilgan holda ma'lumotnoma.
7. Ariza beruvchi yashash joyi bo‘yicha bir o‘zi yashashi (ro‘yxatdan o‘tkazilganligi) to‘g‘risida ma'lumotnoma.
8. Fuqaroning yolg‘iz yashayotganligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma.
9. Oila a'zolarining pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turganligi holatini tasdiqlovchi ma'lumotnoma.
10. 80 yoshga to‘lgan, o‘zganing parvarishiga muhtoj bo‘lgan keksa yoshdagi odamni parvarish qilgan vaqtni tasdiqlovchi ma'lumotnoma.
11. Qaramog‘ida mehnatga layoqatsiz oila a'zolari borligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma.
12. Vafot etgan boquvchining qaramog‘idagi oila a'zolari tarkibi to‘g‘risidagi ma'lumotnoma.
13. Vafot etgan xodim bilan qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi ma'lumotnoma.
14. Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida ishlovchi fuqarolarning bandligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma.
15. Shaxs haqiqatan nogironni parvarish qilayotganligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma.
16. Ishsizlik to‘g‘risidagi ma'lumotnoma.
17. Vafot etgan boquvchining ota-onalari, turmush o‘rtog‘i, buvasi, buvisi, aka-ukasi yoki opa-singlisidan biri vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan holda ta'tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga qadar parvarish qilish bilan band bo‘lganligini va ishlamaganligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma.







