Özbekiston Respublikasida biznes muhitini yanada yaxşilaş va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş borasida qator islohotlar amalga oşirilmoqda. Şu jumladan, Özbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi «Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritiş» yillik hisobotida Özbekiston Respublikasining reytingini yaxşilaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ-4160-sonli qarori hamda 2019 yil 20 noyabrdagi «Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxşilaş va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-4525-sonli qarori mamlakatdagi işbilarmonlik muhitini yaxşilaşda katta ahamiyat kasb etdi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4525-sonli qarorida quriliş uçun ruxsatnomalar beriş, elektr ta'minoti tizimiga ulaniş, köçmas mulkni röyxatdan ötkaziş, kredit beriş hamda tölovga qobiliyatsizlikni hal etiş yönalişlaridagi islohotlarning amaliyotga tatbiq etilişi yetarli emasligi natijasida «Biznes yuritiş» yillik hisoboti tegişli indikatorlari böyiça mamlakatning reytingdagi örni pastligiça qolayotgani qayd etib ötilgan.

Darhaqiqat, sönggi yillarda barça sohalar kabi, quriliş sohasida ham qator islohotlar amalga oşirilişiga qaramasdan, ularning mazmun-mohiyati joylardagi ijroçilarga hamda fuqarolar va tadbirkorlarga yetib bormayotgani, qonun hujjatlarini amaliyotda notöğri qöllaş natijasida Özbekiston quriliş sohasida «Biznes yuritiş» («Doing Business-2020») yillik hisobotida bor yöği ikki poğonaga kötarila oldi (134-örindan

132-öringa), holbuki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning amaliyotga töliq va töğri tatbiq etilişi bilan ança yaxşi körsatkiçlarga erişiş mumkin edi.

Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2020 yilda ustuvor yönalişlar böyiça islohotlarni jadallaştiriş, bu boradagi maqsadli parametrlarni belgilaş va ta'minlaş masalalariga bağişlangan yiğilişda ham quriliş sohasida bugungi kunga qadar eski standart va me'yorlar saqlanib qolayotgani, yangi innovatsion yeçimlar va loyihalar ustida işlovçi mutaxassislar tayyorlaşga umuman e'tibor qaratilmayotgani, şuningdek loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan ötkaziş, qurilişga ruxsatnomalar beriş va kelişiş jarayonlari qoğoz şaklida amalga oşirilayotgani, mutasaddi taşkilotlarda özaro elektron hamkorlik yölga qöyilmaganini tanqid ostiga olgan edi.

Şunga muvofiq, Özbekiston Respublikasi prezidentining PQ-4525-son qarorida 2020 yilning 1 yanvariga qadar quriliş-montaj işlarini boşlaş uçun tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan xabarnoma yuboriş tartibini bekor qiliş (markazlaştirilgan manbalar hisobidan moliyalaştiriladigan quriliş obektlari bundan mustasno) hamda obektning zilzilaga bardoşliligi va yonğin xavfsizligi böyiça loyiha hujjatlari yuzasidan ijobiy ekspertiza xulosasi va quriliş iştirokçilari töğrisidagi ma'lumotni davlat xizmatlari markazlari tomonidan