Iqtisodçi Yuliy Yusupov Iqtisodiyot va sanoat vazirligini «zararli taşkilot» sifatida tugatişni taklif qildi. Bu haqda u Facebook’dagi sahifasida yozgan.

Uning fikriça, vazirlik tugatilmasa, mamlakatda rivojlaniş bölmaydi. Ekspertning bunday izohiga muhokama uçun e'lon qilingan hujjat loyihasi sabab böldi, unda vazirlik «örta biznes» toifasini joriy etiş va bunday korxonalarni QQS tölaşdan ozod qilişni taklif etgan.

«Aftidan, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi iqtisodiyot qonunlariga zid bölgan hamda mamlakat iqtisodiy rivojiga tösqinlik qiladigan me'yoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlaşda birinçi örinni egallaşga qat'iy qaror qilgan. Bu ön minglab korxonalarni uşbu yoqimsiz va qiyin soliqqa ötkaziş böyiça sa'y-harakatlardan keyin, QQS stavkasini pasaytiriş va köplab imtiyozlar hamda istisnolarni bekor qiliş töğrisida (bir yil keçikiş bilan) qaror qabul qilingaç röy bermoqda. Endi bularning barçasini unutiş hamda islohotdan oldingi holatga qaytiş taklif etilmoqda. Ajoyib!» - deb yozadi Yusupov.

Uning ta'kidlaşiça, bunday çoralar faqat soliq yukining oşişiga olib keladi, sababi QQS tölaşda biron-bir imtiyoz va istisnolar bölmasligi lozim.

«QQS tölaşning mohiyati va mexanizmlarini tuşunmaslik ham şu darajada böladimi. Agar uşbu soliqni tölaş zanjirida tölamaydiganlar paydo bölsa, unda soliq yuki keyingi halqalarga tuşadi. Ya'ni, QQS yöq bölib qolmaydi, u baribir töliq miqdorda tölanadi, faqat boşqa tadbirkorlar tomonidan. Şuningdek, tölov zanjiridagi tafovut tufayli, ilgari tölangan QQS hisobga olinmaydigan holatlar ham yuzaga keladi. Soliqlarning umumiy yuki yanada oşadi. Şuning uçun, QQSni tölaşda heç qanday imtiyozlar va istisnolar bölmasligi kerak. Bu alifbo, ammo vazirlik amaldorlari bu alifboni bilişmaydi şekilli», - deya xulosa qilgan ekspert.