Oliy Majlis Senatining yigirma törtinçi yalpi majlisida “1993 yil 22 yanvardagi Fuqarolik, oilaviy va jinoiy işlar böyiça huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar töğrisidagi Konvensiyaga doir Bayonnomani (Moskva, 1997 yil 28 mart) ratifikatsiya qiliş haqida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni ma'qullangan edi. Kuni keça Özbekiston Respublikasi prezidenti mazkur Qonunni imzoladi.

Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi raisi Alişer Kurmanovning yozişiça, uşbu Qonun Özbekiston bilan Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi mamlakatlari örtasidagi fuqarolik, oilaviy va jinoiy işlar böyiça huquqiy yordam va huquqiy munosabatlarni mutlaqo yangi bosqiçga kötarib, ularni yanada batafsilroq tartibga solişni nazarda tutadi.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2019 yil 24 avgust kuni “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy işlar böyiça huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar töğrisidagi Konvensiyaga (Kişinev, 2002 yil 7 oktabr) Özbekiston Respublikasining qöşilişi haqida”gi Qonun ma'qullangan edi. Bu Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiziston Respublikasi, Armaniston, Ukraina, Tojikiston, Gruziya va Moldova davlatlarining vakolatli organlari bilan birgalikda özlarining markaziy, hududiy va boşqa organlari orqali hamkorlik qilişi uçun huquqiy asoslar yaratişga imkon bergan.

Biroq uşbu Qonun talablari Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi örtasidagi munosabatlarga tatbiq etilmaydi, çunki Rossiya Federatsiyasi 2002 yil 7 oktyabrda Kişinevda imzolangan Fuqarolik, oilaviy va jinoiy işlar böyiça huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar töğrisidagi Konvensiyaning (Minsk konvensiyasi) iştirokçisi hisoblanmaydi.

Murojaatlarning aksariyat qismi, 75 foiziga yaqini Minsk konvensiyasi doirasidagilar, Rossiya Federatsiyasidan kelib tuşayotgan sörovlar bölganligi sababli Özbekistonning Rossiya bilan bu yönalişdagi aloqalarni amalga oşiriş imkoniyati yöq edi. Bugungi kunda Minsk konvensiyasining 1997 yil 28 martdagi Bayonnomasini ratifikatsiya qilgan Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va Ukraina öz hududiy organlariga davlatlararo hamkorlik qiliş vakolatlarini bergan. Bunday holda talab qilinadigan hujjatlar söralayotgan davlatlarga uç-tört oy mobaynida borib tuşadi.

1997 yil 28 martdagi Minsk konvensiyasining Bayonnomasini ratifikatsiya qilmagan MDH davlatlari hududlaridan hujjatlar talab qilinganda bunday hujjatni oliş muddati oşadi va örtaça ön oydan bir yilgaça muddatni taşkil etadi.

Qonun Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Moldova, Tojikiston, Ukraina kabi mamlakatlar bilan bir qatorda, endilikda Rossiya bilan ham özaro huquqiy yordam körsatiş masalalarida tegişli mutasaddi organlar orqali bevosita özaro aloqalarni amalga oşiriş imkonini yaratadi.